Vazirlar Mahkamasining “Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida “Maqom muzeyi” faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi qarori qabul qilindi.

Hujjat bilan Özbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, Özbek milliy maqom san'ati markazi va Qaşqadaryo viloyati hokimligining:

Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahrida “Maqom muzeyi”ni Qaşqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyining filiali sifatida taşkil etiş;

Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahri, Ipak yöli köçasi, 3-uy manzilida joylaşgan Qaşqadaryo viloyati Şahrisabz şahar madaniyat bölimi huzuridagi Madaniyat va aholi dam oliş markazi binosining 1278,0 kv.m maydonga teng hududini muzeyni joylaştiriş uçun Qaşqadaryo viloyati Amir Temur nomidagi moddiy-madaniyat tarixi muzeyiga operativ boşqaruv huquqi asosida bepul beriş töğrisidagi taklifi ma'qullandi.

Quyidagilar muzey faoliyatining asosiy vazifalari etib belgilandi:

maqom san'atiga oid muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarini saqlaş, aniqlaş, töplaş, örganiş va ularni e'lon qiliş, şuningdek, madaniy, ma'rifiy, ilmiy va ta'lim faoliyatini amalga oşiriş;

maqom san'ati va tarixiga oid xalqimizning boy madaniy merosi, uning insoniyat tarixidagi rolini haqqoniy yoritiş, şuningdek, mamlakatimizda olib borilayotgan ijobiy işlar va erişilgan yutuqlarni keng tarğib etişga qaratilgan muzey ekspozitsiyalarini taşkil etiş;

maqom san'atining rivojlaniş bosqiçlari, bu borada şakllangan ijro va ijodiy maktablar va an'analar, buyuk bastakorlar, hofiz va sozandalar merosini avaylab-asraş, örganiş, boyitib boriş, mamlakat fuqarolariga namoyiş etiş, dunyo jamoatçiligiga tanitiş va tarğib etiş;

muzey ekspozitsiyalari orqali fuqarolarda, ayniqsa yoş avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, ğurur va iftixor, Vatanga sadoqat, muhabbat tuyğularini tarbiyalaş va kuçaytiriş;

özbek maqom san'ati mumtoz va zamonaviy ijro namunalarining fondini yaratiş hamda muzey aşyolari va muzey kolleksiyalarini ilmiy tadqiq qiliş işlarini kuçaytiriş va uning natijalarini e'lon qilib boriş;

sayohatçilarni maqom san'ati bilan keng taniştiriş orqali ularda milliy özlikni anglaş tuyğusi, yuksak badiiy-estetik did va tafakkurni kamol toptiriş;