Vazirlar Mahkamasining “Farğona viloyatining Qöqon şahrida sanoat va xizmatlar sohasini rivojlantiriş orqali aholi bandligini ta'minlaşga doir qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarori qabul qilindi.
Hujjat bilan 2018-2020 yillarda Farğona viloyatining Qöqon şahrida kafolatli iş örinlarini taşkil etiş hamda sanoat, xizmatlar sohasi va qişloq xöjaligini rivojlantiriş loyihalarining manzilli röyxati tasdiqlandi.
Farğona viloyati hokimligi:
Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, manfaatdor davlat va xöjalik boşqaruvi organlari, tijorat banklari, loyihalarning taşabbuskorlari bilan birgalikda tasdiqlangan manzilli röyxat parametrlari sözsiz bajarilişini ta'minlasin va bu borada investitsiya loyihalarining öz vaqtida va sifatli amalga oşirilişini, işlab çiqarişning möljallangan hajmlari özlaştirilişini va yangi iş örinlari taşkil etilişini nazarda tutadi;
muammoli masalalarni muntazam ravişda körib çiqib, ularni hal etiş yuzasidan tezkor va amaliy zarur çora-tadbirlarni amalga oşirgan holda loyihalar bajarilişi yuzasidan tizimli monitoring olib boradi.
Farğona viloyati hokimligiga Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi va xizmat körsatuvçi tijorat banklari bilan kelişgan holda loyihaning qiymatini va iş örinlari sonini saqlab qoliş şarti bilan loyihalarning tasdiqlangan manzilli röyxatiga, zaruratga köra, özgartirişlar kiritiş huquqi berildi.
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi Farğona viloyati hokimligi bilan birgalikda Qöqon şahri sektorlari va mahallalari böyiça 2018-2019 yillarda haq tölanadigan jamoat işlarini, band bölmagan aholini kasbga qayta tayyorlaşni taşkil etiş böyiça manzilli dasturni bir oy muddatda işlab çiqadi va tasdiqlaydi.
Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi, Xususiylaştirilgan korxonalarga kömaklaşiş va raqobatni rivojlantiriş davlat qömitasi, Farğona viloyati hokimligi Qöqon şahridagi muhandislik-kommunikatsiyalari mavjud bölgan va foydalanilmasdan böş turgan bino va inşootlar, şuningdek, yer uçastkalarini bir oy muddatda xatlovdan ötkazsin va keyinçalik zamonaviy işlab çiqarişlar barpo etiş hamda yangi iş örinlarini taşkil qiliş şarti bilan tadbirkorlik sub'yektlariga va salohiyatli investorlarga belgilangan tartibda beriş hamda mulkdorlar tomonidan işlab çiqarişni (xizmat körsatişni) yölga qöyiş orqali ulardan samarali foydalanilişini ta'minlaydilar.
Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi, Iqtisodiyot vazirligi, Investitsiyalar böyiça davlat qömitasi, Farğona viloyati hokimligi Qöqon şahridagi sobiq örmon xöjaligining 17 gektar maydoni hududida “Hunarmandlar markazi”, mehmonxonalar, milliy taomlar restorani, gipermarket va turistik infratuzilmaning boşqa obektlarini qurişni nazarda tutuvçi turizm markazini taşkil etiş böyiça investitsiya loyihasi uçun salohiyatli investorlarni jalb etiş va 2018-2019 yillarda uşbu investitsiya loyihasini amalga oşiriş çora-tadbirlarini köradilar.












