Gruziyaning sobiq prezidenti Mixail Saakaşvili 2008 yilda Rossiya bilan uruşning oldini olişga uringan. U bu haqda «Exo Moskvi» radiosiga bergan intervyusida aytdi.

«Biz ularni uruşmaslikka köndiriş uçun barça narsani qildik. 2008 yil fevralida Vladimir Putin bilan uçraşganimda u şunday dedi: "Xöş, yigitlar, biz Kosovoda qatnaşyapmiz. Bu yerda sizlarning aybingiz yöq, ammo biz javob çoralarini qabul qilişimiz şart. Sizlarga ozgina oğriqli böladi. Ammo öldiradigan emas. Bu sizlarga emas, sizlarning döstlaringizga qarşidir".

Unga "Nega doim bizning oramizga öz odamlaringizni kiritasiz? Biz NATOdan voz keçişimiz, har qanday xorijiy bazalardan voz keçişimiz töğrisidagi istalgan memorandumni imzolaşga tayyormiz, ammo evaziga tabiiyki, sizning yordamingiz — Rossiya va Gruziya örtasida abadiy tinçlik kerak. Gruziya sizlarga heç qaçon muammo tuğdirmaydi", deb aytdim», — dedi Saakaşvili.
Putin unga göyoki «biz sizlarning hududlaringizni geosiyosiy yönalişingizga aliştirmaymiz» degan.

«Men unga Janubiy Osetiyada heç narsa kerak emas deb öylagandim. Ammo Abxaziya rossiyaliklarni judayam qiziqtirişini bilaman. Unga aytdim: "Mana Abxaziya. Sizlarda Soçi Olimpiadasi böladi. Sizlarga Suxumi aeroporti kerak. Sizlarga portlar, sanatoriylar kerak. Sizlarga temiryöl kerak. Keling, bunday qilamiz. Sizlarning Suxumi va uning şimolidagi barça manfaatlaringizni qonuniylaştiramiz "», — dedi Gruziyaning sobiq prezidenti. Buning evaziga u Rossiyadan 1992-1993 yillarda harbiy nizolar vaqtida bu hududlarni tark etgan qoçoqlarga Abxaziyaga qaytiş imkoniyatini berişini söragan.

Gruziyaning sobiq rahbari mamlakatlar örtasidagi qurolli nizoning oldini oliş uçun qilgan barça harakatlari samarasiz yakunlanganini bildirdi.

Mixail Saakaşvili 2004 yildan 2013 yilgaça Gruziya prezidenti bölgan. 2008 yilda Gruziya özini mustaqil deb e'lon qilgan Janubiy Osetiyaga qöşin kiritgan. Rossiyaning aralaşuvidan söng gruziyalik harbiylar nizo hududidan çiqarilgan. Keyinroq Moskva Janubiy Osetiya hamda Abxaziyaning mustaqilligini rasman tan olgan.