Sönggi 100, 50 va hatto 10 yil içida iş şaroitlarida keskin özgarişlar kuzatildi. Biroq mutaxassislar biz evolyutsiyaning ilk davrida ekanimiz, u qanday, qayerda va qaçon işlaşimizni butkul özgartirib yuborişini ta'kidlaşmoqda. Futurologlar prognozlari quyidagilardan iborat.

Nafaqaga çiqiş tuşunçasi eskiradi

Future Navigator konsalting agentligi ta'sisçi-hamkori Lizelotta Lingso texnologiyalar rivojlanişi sabab inson mehnatining unumdorligi robotlarnikiga taqqoslaganda kamroq deya hisoblanişini aytmoqda. Natijada odamlar kompyuterlar kuçi yetmaydigan ijodiy yeçimlarni izlaşni boşlaydilar. “Maşinalar özining maşinaga xos işini yana uzoq yillar davomida a'lo darajada bajaradi, odamlar esa harakat qilişiga töğri keladi,  - deydi Lingso. Salohiyatimizni töliq namoyiş etiş uçun individual qobiliyatlarimizni rivojlantiramiz”.

Foto: Unsplash

Lingsoning sözlariga köra, iş şaroitlari inson salohiyatini namoyiş qilişga u qadar yordam bermaydi, şuning uçun kelajakda vaziyat özgaradi. Töqqizdan oltigaça bölgan iş jadvali, an'anaviy ofislar, qat'iy korporativ iyerarxiya va nafaqaga çiqiş tuşunçasi özgaradi.

 

“Avvalgi iş jadvali böyiça işlaymiz deb öylamayman, - deydi Lingso. Nafaqa qayta öqiş uçun vaqti-vaqti bilan tanaffuslarga almaştiriladi, odam hayot tarzi esa işlaş qobiliyatini uzaytiriş uçun keskin özgaradi”.

Standart nafaqa yoşi bölmaydi – odamning özi vaqti-vaqti bilan karerasida tanaffuslar qiladi. Hayot tarzingizga mos keladigan iş, masalan – qisman bandlik yoki şartnoma bilan işlaşni tanlaş mumkin.

Xodim umumiy jamoaning foydaliligiga qarab tanlanadi

«Jamoada eng köpi bilan 8-10 kişi böladi. Bir söz bilan aytganda, ikkita pitssa bilan töydiriş mumkin bölgan miqdor. Bunday hajm innovatsion jamoa uçun optimal sanaladi, - deydi Lingso. – Avvallari odamlarni konveyerda bölgani kabi aniq vazifalarni bajariş uçun tanlardik. Biroq bu yöl bilan xodimlardan maksimal unumdorlikka erişmaysiz. Kelajakda işga oliş umumiy jamoaning foydalilik darajasiga qarab amalga oşiriladi.