Qöşma Ştatlar 2020 yilgaça yangi turdagi qöşinlarni, koinot harbiy kuçlarini taşkil etişni közlamoqda, deb xabar berdi Reuters AQŞ vitse-prezidenti Mayk Pensga tayanib.

Pens Pentagondagi çiqişi vaqtida ana şunday bayonot bergan.

«Oxir-oqibat, kongress AQŞ koinot qöşinlarini şuğullantiradigan va anjomlar bilan ta'minlaydigan yangi muassasani taşkil etişi şart», — degan Pens.

Uning aytişiça, yangi turdagi qöşinlar 2020 yilgaça taşkil etiladi.  

U şuningdek, Rossiya va Xitoyni koinotdagi harbiy imkoniyatlarini kuçaytirayotganlikda ayblagan.

"Rossiya va Xitoy koinotda öta murakkab sinovlarni ötkazmoqda, bu ularning sun'iy yöldoşlarini bizning sun'iy yöldoşlarga yaqinroq masofaga yaqinlaştirişga va koinot tizimimizga tahdid solişga olib keladi. Ularning harakatlari raqiblarimiz koinotni harbiy harakatlar maydoniga aylantirişganidan darak beradi va AQŞ bu tahdiddan qörqmaydi", — degan Pens.