9 avgust, payşanba kuni Gruziyaning maşhur Gudauri kurortida qor yoğdi. Ob-havo sayyohlarni ham, mahalliy aholini ham hayratga soldi.

Ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari öz sahifalarida uşbu holat tasvirlangan fotosuratlar va video bilan bölişa boşladilar.

Gudauri Tbilisidan faqat 120 kilometr uzoqlikda, Kazbek munitsipalitetida joylaşgan. Dam oliş maskani 2200 metr balandlikdagi toğli hududda joylaşgan. Umuman olganda, qor baland toğlarda böladi, ammo yozda dam oliş hududida yoğmaydi.

Foto: Facebook/Giorgi Gomiashvili

Bundan taşqari, Kazbek toği ham qor bilan qoplandi.

Suratlar 3 700 metr balandlikda joylaşgan eski meteorologik stansiya yonida joylaşgan sayyohlar tomonidan olingan.

Foto: Facebook/Giorgi Gomiashvili