Prezident Şavkat Mirziyoyev Şayxontohur tumanini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirişga oid loyihalar bilan tanişdi, deb xabar qilmoqda davlat rahbari matbuot xizmati.

Tumanning Oqlon mahallasida böş turgan joyda texnopark taşkil etiş loyihasi ulardan biri. Tijorat banklari iştirokida bu yerda töqimaçilik mahsulotlari, tayyor kiyim-keçak va sport tovarlari işlab çiqaradigan korxonalar taşkil etiş rejalaştirilgan. Bu mahalladagi xotin-qizlar va tuman yoşlarini iş bilan ta'minlaşda muhim omil böladi.
Şu yerda yengil sanoat tarmoğiga investitsiyalar jalb etiş, zamonaviy uy-joylar quriş, tibbiy diagnostika markazi va maktabgaça ta'lim muassasalari taşkil etiş, asalni qayta işlaş va qadoqlaşni yölga qöyiş böyiça rejalaştirilgan loyihalar namoyiş etildi.
Davlat rahbari sanoatni innovatsion rivojlantiriş, xorijiy tajribani örganib, mahsuldorlik va raqobatdoşlikni oşiriş böyiça körsatmalar berdi. Tadbirkorlarning innovatsion loyihalarini qöllab-quvvatladi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Şavkat Mirziyoyev yozuvçilar uyiga taşrif buyurgandi.












