10:17 / 10.08.2018
5259

O‘zbekistonda 250,5 mingta kichik korxona va mikrofirmalar mavjud

Foto: UzA

2018 yil 1 avgust holatiga Respublikamizda faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning soni 250,5 mingtani tashkil qilgan. Bu ko‘rsatkich 2017 yil 1 avgust holatiga qaraganda 8,0%ga oshgan, deb xabar bermoqda Davlat statistika qo‘mitasi. 

Faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi, ya'ni 56,5 mingtasi (22,6%) Toshkent shahriga, 24,3 mingtasi (9,7%) Toshkent, 22,0 mingtasi (8,8%) Farg‘ona hamda 21,8 mingtasi (8,7%) Andijon viloyatlari hissalariga to‘g‘ri keladi.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan jami 250,5 mingta kichik korxona va mikrofirmalarning 67,6 mingtasi (27,0%) – savdoda, 52,8 mingtasi (21,1%) - sanoatda, 27,1 mingtasi (10,8%) - qurilishda, 22,7 mingtasi (9,1%) - qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida, 18,6 mingtasi (7,4%) - yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar sohasida, 12,5 mingtasi (5,0%) - tashish va saqlashda, 6,5 mingtasi (2,6%) - axborot va aloqa sohasida, 5,0 mingtasi (2,0%) - sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatishda, shuningdek 37,7 mingtasi (15,1%) - boshqa faoliyat turlari hissalariga to‘g‘ri keladi. 

Shundan ko‘rinib turibdiki, faoliyat ko‘rsatayotgan kichik korxona va mikrofirmalarning asosiy qismi sanoat va savdo faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi. Shuningdek, eng kam ulushi esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar hamda axborot va aloqa faoliyat turlariga to‘g‘ri keladi.

2018 yil yanvar-iyul holatiga 29,8 mingdan oshiq kichik korxona va mikrofirmalar yangi tashkil etilgan. Bu esa 2017 yilning shu davriga nisbatan qaraganda 13,1%ga ko‘proqdir. Eng ko‘p yangi tashkil etilgan kichik korxona va mikrofirmalar Toshkent shahrida (7022 ta), Toshkent (3053 ta), Samarqand (2482 ta) va Farg‘ona viloyatlarida (2372 ta) tashkil etilgan. Eng kam Sirdaryo (836 ta), Xorazm (1101 ta) hamda Navoiy (1122 ta) viloyatlarida tashkil etilgan.

Iqtisodiy faoliyat turlari kesimida esa eng ko‘pi savdoda (7041 ta), sanoatda (6554 ta), qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligida (3616 ta) va qurilishda (3867 ta) tashkil etilgan. Eng kam esa sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlarda (738 ta), axborot va aloqada (750 ta) hamda tashish va saqlashda (1156 ta) tashkil etilgan.

Top