2018/19 yilgi Angliya çempionati start oldi. 1-turning ilk öyinida "Mançester Yunayted" "Lester" bilan kuç sinaşdi. "Old Trafford" stadionida keçgan öyin mezbonlarning 2:1 hisobidagi ğalabasi bilan yakunlandi.
3-daqiqada Pogba penaltini aniq amalga oşirib, hisobni oçgan bölsa, 83-daqiqada Şou farqni 2taga yetkazdi. Öyinning asosiy vaqtiga qöşib berilgan 2-daqiqada Vardi jamoasining yagona golini kiritdi.
Mançester Yunayted – Lester 2:1 (1:0, 1:1)
Gollar: 1:0 – 3, penalti Pogba, 2:0 – 83 Şou, 2:1 – 90 Vardi.
Mançester Yunayted – De Xea, Bayi, Şou, Darmian, Lindelef, Pogba (Fellayni, 84), Pereyra, Mata, Fred (Maktomini, 76), Sançes, Reşford (Lukaku, 67).
Lester – Şmeyxel, Maguayr, Morgan, Çiluell, Rikardu Pereyra, Ndidi, Amarti (Gezzal, 63), Meddison (Vardi, 63), Adriyen Silva (Iborra, 80), Grey, Ixeanaço.
Ogohlantirişlar: Amarti (51), Fred (54), Pereyra (69).












