8 avgust kuni Vazirlar Mahkamasining «Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida»gi qarori qabul qilindi. Bundan maqsad, turizm faoliyati sub'yektlarini rivojlantirişni qöllab-quvvatlaş, mintaqalarning turistik salohiyatidan foydalaniş samaradorligini oşiriş, dam oliş va turizm uçun şart-şaroitlarni yaxşilaş, şuningdek, turizm xizmatlari körsatiş sohasida yangi iş örinlarini taşkil etiş hamda aholining bandligi va farovonligini oşirişdir.

Oilaviy mehmon uyi nima?
Oilaviy mehmon uyi – mazkur mehmon uyida uy egasining oila a'zolari bilan birga yaşaş tamoyili böyiça bir vaqtning özida 10 nafargaça taşrif buyuruvçilarga (turistlarga) vaqtinça yaşaş va (yoki) ovqatlaniş böyiça xizmatlar körsatuvçi xususiy uy-joydir. Bunda mazkur joy har bir yaşovçi şaxsga 3x2 m hisobidan töğri keladigan turarjoy maydoniga ega bölişi lozim.
Oilaviy mehmon uylari xizmatlari oilaviy mehmon uyi taşkil etiş uçun yaroqli turarjoy binosiga ega bölgan va unda yaşovçi xususiy tadbirkorlar yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan körsatiladi.

Oilaviy mehmon uyi qanday taşkil etiladi?
Oilaviy mehmon uyini taşkil etiş uçun tegişli turar joyga ega bölgan şaxs Oilaviy mehmon uylarini röyxatga oliş va uning yagona reyestriga kiriş uçun ariza berişi kerak. Mazkur reyestr Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi tomonidan yuritiladi.

Arizaga xususiy tadbirkor yoki oilaviy tadbirkorlik sub'yekti sifatida davlat röyxatidan ötgani töğrisidagi guvohnoma nusxasi hamda bino va inşootga bölgan huquqi davlat röyxatidan ötgani töğrisidagi guvohnoma nusxasi ilova qilinadi.

Qömita hujjatlarni olgan kunidan boşlab ularni uç iş kuni davomida körib çiqadi hamda natijalar yuzasidan dalolatnomani rasmiylaştiradi.

Uşbu dalolatnoma asosida uylar yagona reyestrga kiritiladi, reyestrga kiritilgandan söng tegişli xizmatlarni körsatiş mumkin böladi.

Reyestrga kiritiş töğrisidagi arizani körib çiqiş va köçirma beriş uçun tölov undirilmaydi.

Reyestr elektron şaklda yuritiladi va Turizmni rivojlantiriş davlat qömitasi rasmiy veb-saytiga joylaştiriladi. Reyestr Internet axborot tarmoğida onlayn rejimida yangilab turiladi.

Mehmon uylari egalari qanday huquqlarga ega?
Mehmon uylari egalari turarjoy binosini öz ixtiyoriga köra Özbekiston Respublikasining turarjoylar töğrisidagi qonunçiligi va Nizomda belgilangan me'yorlar doirasida tasarruf etiş;