Toşkent viloyati hokimligida ötgan yetti oy davomida turizmni rivojlantirişga doir qilingan işlar muhokama qilinib, kelgusida amalga oşirilişi lozim bölgan muhim vazifalar belgilandi. Hokimlik matbuot xizmati Kun.uz'ga şu haqida xabar berdi.

2018 yilning özida viloyatda turizm sohasiga berilayotgan e'tibor, aholining turistik madaniyatini oşiriş böyiça körilayotgan amaliy çora-tadbirlar natijasida 15 ta turistik firma taşkil qilindi, Angren şahri, Yuqoriçirçiq va Parkent tumanlarida sayyohlar uçun “Turizm axborot markazi” iş boşladi.
Kuni keça qabul qilingan Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oilaviy mehmon uylari faoliyatini taşkil etiş töğrisida”gi 631-sonli qarorining mazmun-mohiyati şahar va tuman hokimlarining turizm yönalişi böyiça mas'ul örinbosarlari hamda tegişli taşkilotlar rahbarlariga tuşuntirildi.

Mehmon uylarini Toşkent viloyatidagi har bir şahar va tumanda taşkil etiş imkoniyatlari tahlil qilindi. Bu borada aholi örtasida keng miqiyosda tarğibot işlarini taşkil qilişga kelişib olindi.
Şuningdek, olis hududlargaça internet tarmoğini kengaytiriş, turistik hududlarda mobil aloqa xizmati işlaşini ta'minlaş va sayyohlik obektlarda Wi-Fi zonalarini taşkil etiş masalasi alohida muhokama qilindi.

Bundan taşqari, 2018-2019 yillarda turizm obektlarini barpo etiş böyiça hududiy dastur muhokamasi, hunarmandçilikni rivojlantiriş, sayyohlar uçun suvenirlar va hunarmandçilik mahsulotlari dökonlarini taşkil qiliş hamda “Çorvoq” erkin turistik zonasida olib borilayotgan işlar holatiga ham töxtalib ötildi.











