Odatda toğlar sayyohlarni özining şakli va hajmining uluğvorligi bilan hayratga soladi. Biroq Xitoyning Gansu provinsiyasi toğlarining öziga xos jihati – ularning yorqin va töq ranglari.

Foto: Depositphotos/kirinaliza

Moviy, kulrang, malla, alvon va yaşil – «puştirang bulut» deya tarjima qilinadigan «Denksiya» geologik boği aynan şunday ranglarda namoyon böladi. Biroq butun dunyoda bu toğ tizilmasi «rang-barang toğ» yoki «kamalaktoğ» nomi bilan maşhur.

Foto: Depositphotos/kirinaliza

Kuzatuvçida bu manzara bir-biri ustiga quyilayotgan dengiz tölqinlarini eslatadi.

Foto: Depositphotos/kirinaliza

300-400 metr balandlikdagi rang-barang toğ tizilmasi qumdan taşkil topgan. Million yillar davomida töplanib boriş va turli taşqi şaroitlarning ta'siri ostida har bir qatlam özining individual rangiga ega bölgan. Yerning siljişi sabab har bir qatlam köz öngimizda yorqin köriniş kasb etgan.