Qozoğistonning Aktau şahri Kaspiy böyiça beşinçi  sammit iştirokçilarini qarşi olmoqda. V Kaspiy sammiti bugun öz işini boşladi. Tadbir ötkazilayotgan maydon egasi, Qozoğiston prezidenti Nursulton Nazarboyev yuqori darajali tayyorgarlikni közdan keçiriş maqsadida şaharga ertaroq taşrif buyurdi. Kaspiy "beşligi"ning boşqa mamlakatlari - Rossiya, Turkmaniston, Eron va Ozarboyjon yetakçilari - yakşanba kuni ertalabdan Aktauga taşrif buyurişdi. 

Sammitni ötkaziş joyi sifatida Aktau şimolidagi Qozoğiston xalqlari assambleyasining yangi binosi tanlangan. 

V Kaspiy sammitida Kaspiy dengizining huquqiy maqomi  töğrisidagi konvensiya imzolanişi kutilmoqda, biroq uning alohida qoidalariga doir masalalar mavjud. Eng avvalo, Eron, Turkmaniston va Ozarboyjon e'tiroz bildirayotgan Kaspiy janubi bilan boğliq masalalar muhokama qilinadi. 

OAV vakillarini qiziqtirayotgan yana bir mavzu - Kaspiyda bu dengizga çiqiş imkoniga ega bölmagan mamlakatlarning qurolli kuçlari "bölmasligi" tamoyili Konventsiyasining mustahkamlanişi. 

Bundan taşqari, Konventsiya Kaspiydan foydalanişga doir qanday masalalarga butunlay çek qöyişi va qandaylarini kelgusida alohida kelişuvlar doirasida oxirigaça işlaş kerakligiga oid muhokamalar ham qizğin. 

Qozoğiston TIV rahbari Qayrat Abdraxmanovning ma'lum qilişiça, Kaspiy dengizining huquqiy maqomi  töğrisidagi konvensiya loyihasi bilan bir qatorda iştirokçi-mamlakatlar tomonidan töqqizta beş tomonlama hujjatni öz içiga olgan keng kölamli muhokama bazasi yaratilgan. Bugun u yana yetti yangi kelişuv bilan tölişi kutilmoqda. 

"Ötgan deyarli çorak asr davomida turli formatlardagi köplab uçraşuvlar va muzokaralar bölib ötdi. Dastlab pozitsiyalar diametral qarama-qarşi va bahsli bölgan bölsa-da, diplomatlik sa'y-harakatlar natijasida Kaspiy dengiziga oid barça masalalar böyiça konsensusga erişildi. Prezidentlar tomonidan Kaspiy dengizining huquqiy maqomi töğrisidagi konvensiya loyihasining imzolanişi bunga yaqqol misol böla oladi", - dedi Qayrat Abdraxmanov.