Venesuela prezidenti Nikolas Maduro qöşni Kolumbiyaning uşbu mamlakatga nisbatan olib borayotgan terrorizm harakatiga qarşi kuraşuvçi maxsus xizmat taşkil etilişini e'lon qildi.
Avvalroq Venesuela hukumati Kolumbiyaning sobiq prezidenti Xuan Manuel Santosni Maduroga nisbatan uyuştirilgan suiqasdga aloqadorlikda ayblagandi.
"Men mudofaa vazirligidan Kolumbiya terrorizmidan himoyalaniş uçun maxsus xizmatlarda yangi qism taşkil etiş böyiça tavsiyalar berişini söradim", – dedi Maduro davlat televideniyesi orqali çiqişida.
Mamlakat aloqa vaziri Xorxe Rodrigesning xabar berişiça, davlat rahbariga suiqasd portlovçi modda örnatilgan uçuvçisiz uçadigan qurilmalarda amalga oşirilgan. Maduro milliy bolivar gvardiyasi taşkil etilganligining 81 yilligi munosabati bilan ötkazilayotgan marosimda sözga çiqqan paytda qurilmalar harakatga keltirilgan.
Suiqasd natijasida yetti kişi jarohatlangan.













