Kiberxavfsizlik

Oçiq Wi-Fi-tarmoqlar uy internetiga qaraganda işonçsiz. Axir ularni kim sozlagani va uning ortida qanday odamlar ötirganini bilmaysiz. Öz ma'lumotlaringizni himoya qiliş uçun quyidagi maslahatlarni qöllang.

Tekşirilgan tarmoqlardan foydalaning

Imkoni boriça sizga ma'lum, masalan Starbucks kabi tarmoqlarga ulaning. Ularning egalari şusiz ham biz orqali pul işlaşmoqda, şuning uçun bizga zarar keltirişmasa kerak.

Oçiq Wi-Fi tarmoqlaridan heç biri töliq xavfsiz bölmaydi. Buning bari  - uni kim taqdim etayotgani va unda siz bilan birga qanday odamlar borligiga boğliq. Biroq taniş tarmoqlar notanişlariga qaraganda yaxşiroq.

HTTPS protokolidan foydalaning

Agar sayt şifrlanmagan HTTP ulanişdan foydalansa, brauzerlar, masalan Google Chrome uni xavfli deya belgilaydi. HTTP haqidagi ogohlantirişga e'tibor bering, ayniqsa oçiq Wi-Fi nuqtalaridan foydalanganda. HTTPS-ulanişdan foydalanganingizda tarmoğingizdagi odamlar sayt serveri bilan almaşayotgan ma'lumotlarni olişolmaydi. HTTP orqali esa ular siz amalga oşirayotgan işlarni osonlik bilan köradilar.

Öta köp ma'lumotlarni bermang

Jamoat Wi-Fi’dan foydalanganda ehtiyot böling, ayniqsa, ulanişdan oldin elektron poçta manzilingiz yoki telefon raqamingiz kabi şaxsiy ma'lumotlar söralsa. Agar internetga kirişingiz juda zarur bölsa, tekşirilgan tarmoqni tanlang yoki asosiy bölmagan poçta manzilini bering. 

Foto: Bernard Hermant / Unsplash

AirDrop funksiyasi va fayllarni yuborişni çeklang

Agar oçiq tarmoqda işlasangiz va begonalar bilan fayllar almaşişni istamasangiz, muayyan funksiyalarni öçirib qöying. Noutbukda buni tarmoqlar va umumiy ulanişni boşqariş markazida amalga oşiriş mumkin.

Şartnomani diqqat bilan öqing

Balki bu befoyda maslahatdir. Biroq bari jiddiy – ommaviy Wi-Fi’ga ulaniş vaqtida barça şartlarni tekşiring. Albatta, ba'zida u yerda tuşunarsiz narsalar köp böladi, biroq xavfli jihatlarni sezişingiz mumkin. Masalan, band, siz haqingizda qanday ma'lumotlar töplanadi va keyin nima uçun qöllaniladi kabi.