Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida Vazirlar Mahkamasining “Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizomni tasdiqlaş haqida”gi qarori loyihasi e'lon qilindi.

Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirligi huzuridagi Oliy ta'lim muassasalarini rivojlantiriş jamğarmasi töğrisidagi nizomga köra, jamğarma faoliyatini boşqariş va uning mablağlarini taqsimlaş Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri raislik qiluvçi Jamğarmani boşqariş kengaşi tomonidan amalga oşiriladi.

Kengaş tarkibi Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri tomonidan tasdiqlanadi. Kengaş tarkibiga Vazirlik va oliy ta'lim muassasalarining rahbar va mas'ul xodimlari (7-9 kişi) kiritiladi.

Quyidagilar Kengaşning asosiy vazifalari hisoblanadi:

Jamğarma mablağlari hisobiga moliyalaştiriladigan tadbirlarning ustuvor yönalişlarini belgilaş;

hisobot yili yakuni böyiça Jamğarma mablağlarining tuşumi va xarajatlari töğrisidagi hisobotlarni körib çiqiş va tasdiqlaş;

Jamğarma mablağlaridan maqsadli va samarali foydalanilişini nazorat qiliş;

Jamğarma mablağlarini şakllantiriş va ulardan foydalaniş bilan boğliq boşqa vakolatlarni amalga oşiriş.

Jamğarma mablağlari quyidagi manbalar hisobidan şakllantiriladi:

oliy ta'lim muassasalarining tölov-kontrakt (şu jumladan oşirilgan tölov-kontrakt) şaklida öqitişdan tuşadigan mablağlarining mazkur mablağlar böyiça daromadlar va xarajatlar smetalarida aks ettiriladigan yil boşiga qoldiq (tijorat banklarining depozitlariga joylaştirilgan mablağlar ham inobatga olingan holda) qismining 5 foizi miqdoridagi ajratmalar;

xayriya beruvçilar mablağlari, xalqaro taşkilotlarning grantlari, yuridik va jismoniy şaxslarining ixtiyoriy xayr-ehsonlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boşqa manbalardan tuşadigan mablağlar.

Jamğarmaga Oliy ta'lim muassasalarining tölov-kontrakt mablağlari hisobidan ötkaziladigan ajratmalar joriy yilning 1 aprelidan keçiktirmay tuşirilişi şart.

Jamğarma mablağlari quyidagi maqsadlarga yönaltiriladi:

öquv va ilmiy adabiyotlarni yaratiş, çop etiş va oliy ta'lim muassasalari kitob fondini töldirişga;

öquv binolari, talabalar yaşaş joylari, sport inşootlari va boşqa infratuzilma obektlarini moddiy holatini yaxşilaş, şu jumladan ularni zarur zamonaviy öquv va ilmiy-laboratoriya uskunalari, mebel, inventarlar bilan jihozlaşga va boşqa tovar-moddiy qiymatliklar xarid qilişga;

öquv binolari, talabalar yaşaş joylari, sport inşootlari va boşqa infratuzilma obektlarida quriliş, rekonstruksiya qiliş, mukammal va joriy ta'mirlaş işlarini (loyiha-smeta hujjatlarini işlab çiqiş xarajatlarini inobatga olgan holda) amalga oşirişga, ularni kuzatuv, nazorat va identifikatsiya tizimlari, vositalari va qurilmalari bilan ta'minlaşga;

axborot-kommunikatsiya, multimedia va tarmoq qurilmalari, texnikalari, vositalari hamda dasturiy ta'minotlarni xarid qiliş, zamonaviy texnologiyalarni joriy etiş, axborot-ta'lim resurslarini işlab çiqiş, öquv

va boşqaruv jarayonini avtomatlaştirişga xizmat qiluvçi tizimlarni yaratiş, vazirlik va ta'lim muassasalari örtasida elektron axborot almaşinuvini taşkil etiş, interaktiv ta'lim resurslar va ma'lumotlar bazasini şakllantiriş, “Elektron ta'lim” tarmoği qurilmalarini işçi holatda saqlaş va xizmat körsatişga;

öquv va ilmiy laboratoriyalarni zarur sarflaş materiallari va butlovçi qismlar bilan ta'minlaşga;

xorijiy olim, professor-öqituvçi va mutaxassislarni respublika oliy ta'lim muassasalari hamda rahbar va pedagog kadrlarni qayta tayyorlaş va malakasini oşiriş muassasalari öquv jarayoniga, şuningdek, ta'lim jarayonini isloh qiliş va takomillaştiriş maqsadlarida ekspert va konsultantlarni jalb etişga;

investitsiya loyihalari doirasida loyihaoldi, loyiha, tanlov hamda şartnoma hujjatlarini ekspertizadan ötkaziş va röyxatga oliş, tovar qabul qiliş bilan boğliq bölgan deklaratsiya-sertifikatsiya işlari, vaqtinçalik ombordan foydalaniş va konsalting xizmatlari uçun haq tölaşga;

respublika oliy ta'lim muassasalarida ijtimoiy, tarbiyaviy, psixologik va boşqa öquv-uslubiy, ilmiy loyihalar hamda tadqiqotlarni taşkil etiş va ötkaziş (işçi guruhlarning iş haqi, xizmat safari va boşqa xarajatlar)ga;

professor-öqituvçilar yoki talabalar örtasida ötkaziladigan respublika tanlovlari ğoliblarini taqdirlaş va rağbatlantirişga;

mamlakatda amalga oşirilayotgan islohotlarni ommaviy axborot vositalarida keng yoritişda faollik körsatgan oliy ta'lim muassasalarining rahbar xodimlari va professor-öqituvçilarini moddiy rağbatlantirişga;

kam ta'minlangan oilalar va yetim bolalar toifasiga kiruvçi talabalarni ijtimoiy himoyalaş tadbirlari (bir yilda bir talabaga eng kam iş haqining 10 (ön) baravari miqdoridan oşmaydigan bir martalik moddiy yordam)ga;

vakillik tadbirlarini (xorijiy delegatsiyalarni kutib oliş, transport xizmati, tarjimonlarni jalb qiliş, sovğa va suvenirlar sotib oliş, ovqatlantiriş) ötkazişga;

zarur hollarda, oliy ta'lim muassasalarining iş haqi va unga tenglaştirilgan tölovlari hamda stipendiya tölovlarini amalga oşiriş uçun 6 oygaça bölgan muddatga foizsiz ssuda mablağlari ajratişga;

Özbekiston Respublikasi Prezidenti va Özbekiston Respublikasi Hukumati qarorlariga köra ötkaziladigan sport-soğlomlaştiriş va boşqa tadbirlarni amalga oşirişga;

Vazirlik rahbar va xodimlarini xorijiy boşqaruv idoralari, ta'lim muassasalari va boşqa taşkilotlarga tajriba örganiş va hamkorlik örnatiş maqsadlarida xorijiy xizmat safariga yuborişga;

Vazirlikda taşkil etiladigan ekspert-tahlil guruhlariga haq tölaşga.