Özbekistonda «Halol» sertifikatlaştiriş tizimini joriy etiş uçun, avvalo, öşa standartlar amalda joriy etilişi kerak. Ayni paytda Özbekistonda 5ta «Halol» standarti qabul qilingan, deb xabar beradi «Özstandart» agentligi rasmiy vakili.
«Joriy etilgan 5ta «Halol» standarti yurtimizda işlab çiqarilayotgan barça mahsulot turlarini qamrab olmaydi. Şu tufayli, joriy etilgan standartlardan taşqari yana 8ta standart loyiha sifatida işlab çiqildi.Bu masalada Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, «Özbekoziqovqat» XK, Soğliqni saqlaş vazirligi va manfaatdor taşkilotlar bilan hamkorlikda işlar olib borilmoqda», deydi rasmiy vakil.
«Özstandart» agentligidan Kun.uz'ga ma'lum qilinişiça, jami 13ta standart joriy etilişi bilan barça turdagi mahsulotlarni «Halol» standarti mezonlari böyiça baholaş imkoniyati paydo böladi.
«Standart yaratilgandan söng, uni baholovçi idora ham bölişi lozim. Bu ikki turda amalga oşiriladi: birinçidan, laboratoriya sinovi tarzida va natijalarga asoslangan holda sertifikatni rasmiylaştiriş. Laboratoriya qurilişi uçun joriy yilda 2,8 million dollarga teng Janubiy Koreya granti ajratilgan. Bundan taşqari, 11 million dollar atrofida ajratilgan kredit hisobiga respublika böyiça 9ta laboratoriya taşkil etilişi rejalaştirilgan. Şundan söng, barça laboratoriyalarda «Halol» standarti mezonlari böyiça sinovlarni taşkil etiş imkoniyati paydo böladi», deb qöşimça qildi agentlik vakili.
Din işlari böyiça qömita laboratoriya sinov natijalari bilan tanişib çiqib, agar natijalar diniy tartibga mos kelsa, sertifikatni rasmiylaştiriş böyiça xulosa taqdim etadi. Çunki, «Halol» standarti asosan mahsulotning özigagina emas, balki uni tayyorlaş jarayoniga berilgan baho sifatida qayd etiladi. Albatta, mahsulot tarkibi va yetiştiriş bosqiçlariga alohida e'tibor qaratiladi, şuningdek çorva hayvonlarini söyiş, göştlarni saqlaş va çiqindilardan asraş kabi masalalar ham diqqat markazda böladi.
Biroq, amalda «Halol» standartini sertifikatlaştiriş idorasi taşkil etilmadi. Bu masalada Hukumatning alohida qarori işlab çiqilmoqda. Uşbu jarayonlarga xususiy tadbirkorlik iştirokçilari aralaşmaydi. Ta'kidlanişiça, Hukumat tomonidan vakolatga ega alohida muassasaga uşbu mas'uliyat yuklanadi.
Ma'lumot uçun, ötgan yili 6 noyabrda Özbekiston Respublikasi Prezidentining «Meva-sabzavot mahsulotlari, uzum, poliz, dukkakli ekinlar, şuningdek quritilgan sabzavot va mevalarni mahalliy eksport qiluvçilarni qöllab-quvvatlaş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida»gi qarori e'lon qilindi.
Qaror bilan «Özstandart» agentligi Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din işlari böyiça qömita, boşqa manfaatdor vazirlik va idoralar bilan birgalikda yigirma kun muddatda respublikada xalqaro standartlarni, şu jumladan «ISO 22000», «Halol» standartlarini joriy etiş va keyinçalik köllaş böyiça çora-tadbirlar dasturini Vazirlar Mahkamasiga kiritişi belgilangandi.











