Zamonaviy dunyo köplab muammolardan aziyat çekmoqda. Ulardan biri jamiyat va tabiat örtasidagi munosabatlar. Atrof-muhit kuçli ifloslanişga uçrayapti, uning asosiy sababi tabiatning oliy mavjudoti – inson. Odamlar soni har yili oşib boryapti, sanoat natijasi bölgan çiqindi miqdori ham ortmoqda.

- Angliya çiqindilarni qayta işlaş masalasiga aql bilan yondaşgan ilk mamlakat hisoblanadi. 19 asrning oxirida çiqindilarni yoqiş uçun zavod qurilgan. Yevropa mamlakatlarida çiqindilar saralanib, keyin qayta işlaşga yuboriladi.
Şvetsiya –çiqindilarni muvaffaqiyatli qayta işlaydigan mamlakatlar röyxatida yetakçilik qiladi (umumiy miqdordan 52foiz). Undan keyingi örinda esa – Germaniya: u yerda qayta işlaş 48 foizni taşkil qiladi. Rossiyada bu körsatkiç u qadar yuqori emas: umumiy miqdordan bor-yöği 25 foizi qayta işlanadi.

Garbologiya – çiqindini qayta işlaş usullarini örganadigan fan. Bundan taşqari, u maişiy çiqindilarni tadqiq etiş usuli orqali jamiyatning öziga xos jihatlarini örganadi.
- Har soniyada sayyorada tabiatga zarar keltirmaydigan uç kilogramdan ortiq “tabiiy” çiqindi yuzaga keladi. Unga tuxum pöçoği, mevalar pöstloği va boşqalar kiradi. Ovqat qoldiqlari aholi vakili çiqindi savatining 29 foizga yaqinini taşkil qiladi. Qolgan 13 foizi - şişa, 11 foizi – plastmassa, 4 foizi – metal çiqindilar bilan band. 18 foizi esa – boşqa turdagi çiqindilarga kiradi.
- Kerak bölmagan kompyuterlarni yöqotiş garbologiyaning jiddiy muammolaridan sanaladi. Çunki eski texnika tarkibida zaharli moddalar bölib, ular uçun yopiq holdagi çiqindixonalar zarur. Bunday joylar doimiy ravişda nazorat qilinadi. Çunki vandallar zaharli, biroq juda qimmatbaho ehtiyot qismlarni öğirlab ketişlari mumkin.
360 kun mobaynida metalni qayta işlaş 150 milliondan ortiq xonadonni yoruğlik va issiqlik bilan ta'minlaydigan resurslarni saqlaşda yordam beradi. Bor-yöği bir dona şişa butilkani qayta işlaş quvvati yuz Vt lampoçkaning tört soat davomida yonişi uçun energiya işlab çiqarişga tenglaştiriladi.

Fresh Kills – Amerikadagi çiqindi olib kelinadigan eng katta poligon bölib, maydoni 1700 ta odatiy futbol maydoniga teng. Poligonga har kuni 13 ming tonnadan ortiq çiqindi olib kelinadi.












