Milliy olimpiya qömitasida profilaktik yiğiliş taşkil qilindi. Unda Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matçonov, Içki işlar vazirligi Toşkent şahar Boş boşqarmasi mas'ul xodimi Umid Qurbonov, Milliy olimpiya qömitasi departament boş mutaxassisi Sardor Toşxöjayev, yakkakuraş sport turlari federatsiyalari rahbarlari va ommaviy axborot vositalari xodimlari iştirok etişdi.

Profilaktika tadbirida sportçilarni töğri yönalişda tarbiyalaş, ularning turli qinğir yöllarga kirib ketişini oldini oliş, bu borada sport federatsiyalari va murabbiylar mas'uliyatini oşiriş lozimligi qayd etildi.
Sportçida yuzaga keladigan noxuş holatlar uçun federatsiyalar va murabbiylar mas'ul ekanligi, bu borada nazoratni yanada kuçaytiriş lozimligi aytildi. Bordiyu, kelajakda sportçi bilan boğliq noxuş holatlar röy beradigan bölsa uni nazorat qilmagan murabbiyning litsenziyasini olib qöyiş jazosi ham qöllanilişi mumkinligi böyiça taklif va mulohazalar bildirildi.
Tadbir davomida şuningdek, sportçilar terma jamoadagi faoliyatini yakunlaganidan söng öz holiça taşlab qöyiş kerak emasligi, ularga murabbiylik bilan şuğullaniş imkoniyatini yaratib, kelajakda yangidan-yangi çempionlarni tarbiyalaş lozimligi aytildi.

Aslida yakka kuraşçi vatan himoyaçisidek şarafli kasb egasiga tenglaştiriladi. Ammo, ularga töğri yönaliş berilmasa jamiyat uçun bu xavfli körinişga olib kelinişi mumkinligi ta'kidlandi. Bu borada turli misollar keltirib ötildi.
Yiğiliş yakunida tajribali murabbiylar sportçilarni nazoratsiz qoldiriş, ma'naviy qoloqlikda tarbiyalaş yomon holatlarga sabab bölişi haqida turli voqealarni gapirib berişdi. Röy berişi mumkin bölgan yoqimsiz hodisalarni oldini oliş borasida öz takliflarini bildirib ötişdi.
Eslatib ötamiz, 9 avgustga ötar keçasi Toşkent şahrining Yunusobod tumani hududida joylaşgan Aurum 898 tungi klubida piçoqbozlik röy berdi. Hodisa oqibatida erkin kuraşçi, xalqaro toifadagi sport ustasi Jamşid Kenjayev vafot etdi.












