Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya AQSh tashqi siyosatini baholashda qattiq adashdi - OAV
Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh yetakchisi Donald Trampning Xelsinkida bo‘lib o‘tgan sammitidan so‘ng, Qo‘shma Shtatlar razvedka xizmatlari Moskva muzokaralar natijasi kutilganidan ham ortiq bo‘lganidan mamnun ekani haqidagi xulosaga kelgan. Bu haqda CNN vaziyatdan xabardor ikki manbaga asosan xabar qilmoqda.
Ularning so‘zlariga ko‘ra, ikki yetakchining uchrashuvi yakunlariga qaramay, Rossiya hukumati Moskva bilan Vashington o‘rtasidagi munosabatlarda hech qanday yaxshilanish yo‘qligidan hayron bo‘lmoqda.
Ta'kidlanishicha, Rossiya tomoni AQSh tashqi siyosati nafaqat prezident tomonidan, balki kongress tomonidan ham belgilanishi hisobga olmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kreml Putin hozircha AQShning yangi sanksiyalari bo‘yicha ko‘rsatmalar bermaganini ma'lum qilgandi.
Mavzuga oid
22:47
Hindiston Xitoyni ortda qoldirib, Rossiya neftining asosiy xaridoriga aylandi
20:36
Putin Ukraina bilan vaziyatni yanada keskinlashtirishga tayyor - OAV
20:35
AQSh–Eron eskalatsiyasi sulh tugaganini anglatadimi?
18:02