
Smartfonlar bugunga kelib noyob va hashamatli qurilma bo‘lmay qoldi. Vaqt o‘tgan sari ishga oid va shaxsiy yozishmalar ko‘p hollarda aqlli telefonlarga mo‘ljallangan turli xil messenjerlar va ilovalar orqali olib borilmoqda.
Har doim ham o‘zingiz bilan birga fotokamera, musiqa pleyeri, diktofon, o‘yin pristavkasi va Internetdan foydalanish uchun planshet olib yura olmaysiz, ammo smartfon yuqoridagi barcha zaruriyatlarni bir o‘zi hal qilishi mumkin.
Hozirda, agar jahon bozoridagi holatga nazar tashlaydigan bo‘lsak, taqdim qilinayotgan modellar orasida asosan byudjyet segmentdagi smartfonlar sotuvi ancha chaqqon. Buning sababi esa odamlarga har kuni zarur bo‘ladigan raqamli funksiyalar majmuasi hamyonbop narxlarda taklif etilishidadir. Albatta, tajribali fotografni byudjyet smartfon kamerasidagi parametrlar qoniqtirmasligi mumkin, ammo shu bilan bir vaqtda, qimmat flagman kamerasini ham professional kamera bilan qiyoslab bo‘lmaydi. Boshqa xususiyatlar bilan ham holat ayni shunday. Bundan shunday xulosa kelib chiqadiki, oddiy foydalanuvchi o‘zi uchun hamyonbop bo‘lgan smartfon sotib olgani foydaliroq, chunki flagman apparat imkoniyatlari unga har doim kerak bo‘lmasligi mumkin.
Hamyonbop smartfonlar turi biz kutgandan ancha ko‘p. Dunyodagi deyarli barcha brendlar arzonroq modellarni taklif qilgani bois, xaridor hamisha o‘ziga qaysi qurilmani tanlaganim afzalroq degan savolni beraveradi. Nega aynan Meizu smartfonlariga e'tibor qaratish muhim ekanligiga bir nechta dalil keltirmoqchimiz.
Ayni paytda Meizu M5S, Meizu M6, Meizu M6s va Meizu M6 Note smartfonlari O‘zbekiston bozorida taqdim etilgan. Ularning har biriga o‘zida Android va iOS platformalarining eng yaxshi xususiyatlarini jamlagan va o‘zining tezligi hamda qulayliklari bilan ko‘pchilikka ma'lum bo‘lgan Flyme interfeysi o‘rnatilgan.
Ushbu modellarning parametrlarini qisqacha qiyoslaymiz.

M5s - bu har tomonlama qulay hamyonbop smartfon. Qurilmaning ajoyib parametrlari HD formatda video ko‘rishingizga, o‘yinlar va foydali ilovalar yuklashingizga yordam bersa, xotira hajmi o‘zingizning sevimli qaydlaringizni va rasmlaringizni telefonda saqlash imkoniyatini taqdim etadi. Mustahkam alyuminiy korpus esa hayotimizda har kuni bexosdan ro‘y beradigan kichik shikastlardan himoya qiladi. Xullas, bularning hammasini juda qulay narxlarda sotib olishingiz mumkin. Mana endi o‘zingiz xulosa chiqarib olavering. Bir so‘z bilan aytganda, siz ashaddiy o‘yin yoki professional foto va videotasvir ishqibozi bo‘lmasangiz, bu siz va hamyoningiz uchun eng mos keladigan model.
















