«Real» klubining sobiq boş murabbiyi Zinedin Zidan kelajakda APL klubini boşqarmoqçi ekanini aytgan.

L`Equipe naşri xabariga köra, fransiyalik mutaxassis «Mançester Yunayted» boş murabbiyi bölişni istayapti.

Ayni paytda «qizil iblislar»ni Joze Mourino boşqarib kelmoqda. Uning qöl ostida jamoa 3ta sovrinni, şu jumladan Yevropa Ligasi kubogini ham qölga kiritdi.

2016 yil yanvaridan 2018 yil iyunigaça «Real» boş murabbiyi bölgan Zidan jamoa bilan qatorasiga uç marta Çempionlar Ligasida zafar quçdi va bir marta Ispaniya çempioni böldi.