Pentagon rahbari Jyeyms Mettisning ma'lum qilişiça, AQŞda öz sun'iy yöldoşlarini Rossiya va Xitoydan himoya qiliş uçun kosmik kuçlarga ehtiyoj bor. Bu haqda The Washington Post xabar qilmoqda.

Mettisning aniqlik kiritişiça, AQŞ kosmosda qurol joylaştirişni rejalaştirmayapti.

«Biz faqat sun'iy yöldoşlarimizni kosmosda himoya qilişimiz mumkinligini körsatmoqçimiz. Ammo, agar kimdir harbiy vazifalar bilan kosmosga çiqmoqçi bölsa, biz qöl soliştirib ötirmaymiz», - dedi u. 

Eslatib ötamiz, avvalroq Jyeyms Mettis Qöşma Ştatlar harbiy-havo kuçlarida yangi yönaliş - kosmik kuçlar taşkil etilişini qöllab-quvvatlaşi haqida ma'lum qilgandi.