Rossiya Taşqi işlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaning «BaltArtek» xalqaro ta'lim forumi iştirokçilari bilan bölib ötgan uçraşuvda ma'lum qilişiça, AQŞ özining alohida, muhim davlat sanalişi haqida e'lon qilib, supermenning rolini eplay olmadi. Bu haqda RIA «Novosti» xabar berdi.

«Qöşma Ştatlarning alohida, muhim davlat sanalaşiga doir konsepsiya öylab topilgandi... Ammo agar AQŞ barqarorlik olib kelişi, barqarorlikni tartibga solişi mumkin bölganida, unda köpçilik bu konsepsiyani qabul qilgan bölardi. Supermenning rolini AQŞ eplay olmadi», - deya aytib ötdi Zaxarova. 

U mojarolar soni köpayib borayotganini, ular global miqyosga ega bölişni boşlagani haqida ta'kidlab ötdi.

Uning sözlariga köra, AQŞ özining alohida rolini e'lon qilgan davlat oldida turgan vazifalarni amalga oşira olmadi.

Eslatib ötamiz, avvalroq 3 davlat örtasida «tasodifiy» yadro uruşi yuz berişi taxmin qilingandi.