Mutlaq jangçilar çempionatining (UFC) oğir vazn toifasidagi sobiq çempioni Fabrisio Verdum rossiyalik Habib Nurmagomedov va irlandiyalik Konor Makgregor örtasidagi jang arafasida öz fikrlari bilan örtoqlaşdi.
Afsonaviy braziliyalikning sözlariga köra, Nurmagomedov jangda mutlaq ustunlik bilan ğalaba qozonişi kerak.
«Habib ğalaba qozonadi. U Konorni öldiradi. Bu aniq. U juda köp maşq qilmoqda va juda baquvvat yigit», - deya sportçining sözlarini keltiradi TMZ.
Nurmagomedov - Makgregor jangi 6 oktabr kuni Las-Vegasda bölib ötişi kerak.
Eslatib ötamiz, avvalroq UFC jangçisi Makgregor bilan bahs oldidan Nurmagomedov qörqayotganini aytgandi.












