2018 yilning yanvar-iyun oylarida muomaladagi naqd pullar miqdori, pul aylanmasi tarkibidagi özgarişlar hamda mavsumiy omillar ta'sirida şakllanib bordi. Bu haqda Markaziy bankning 2018 yil I yarim yilligi böyiça naqd pul muomalasi şarhida aytiladi.
Xususan, joriy yilning I çoragida muomaladagi naqd pullar hajmi 1,2 trln. sömga qisqargan bölsa, II çoragida 3,4 trln. sömgaça ortişi kuzatildi. Natijada, 2018 yilning I yarim yilligida naqd pul massasi 2,2 trln. sömga oşdi.
Naqd pulga bölgan talabning özgarişi asosan mavsumiy omillar bilan izohlanadi.
Bunda mamlakatga xalqaro pul ötkazmalari hajmlarining asosan yilning ikkinçi va uçinçi çoraklarida boşqa çoraklarga nisbatan köproq bölişi va natijada, aholi tomonidan tijorat banklariga xorijiy valyutani sotiş hajmlarining oşişi mos ravişda naqd pulga bölgan talabning ortişiga olib kelmoqda.
Xususan, agar joriy yilning I çoragida mamlakatimizga xalqaro pul ötkazmalari orqali 950 mln. dollar miqdoridagi valyuta mablağlari kirib kelgan bölsa, II çorakda uşbu körsatkiç 1,4 barobarga oşib 1 335 mln. dollarni taşkil etdi.
Öz navbatida, tijorat banklari tomonidan I çorakda aholidan 420 mln. dollar miqdoridagi (3,4 trln. söm) xorijiy valyuta sotib olingan bölsa, II çorakda uşbu körsatkiç 2 barobarga oşib 868 mln. dollarni (6,9 trln. söm) taşkil etdi.
Mazkur holat naqd pulga bölgan 3,5 trln. sömlik qöşimça talabni yuzaga keltirdi. Şu bilan birga, aholi tomonidan çet el valyutasini milliy valyutaga ayirboşlaşga bölgan talabning oşişi milliy valyuta kursining joriy yil boşidan mustahkamlanib borişi bilan ham izohlanişi mumkin.
Şuningdek, aholining naqd pulga bölgan talabini töliq qondiriş maqsadida bankomatlar va terminallar tarmoği kengaytirilişi hisobiga plastik kartalardan naqd pullar yeçib oliş hajmlari oşdi.
Xususan, 2018 yilning II çoragida aholi tomonidan plastik kartadagi mablağlar hisobidan naqd pul yeçib oliş hajmi I çorakdagi körsatkiçdan 1,4 barobarga ortib, 2,2 trln. sömni taşkil qildi.
«Bu esa, aholi tomonidan savdo va pullik xizmatlar uçun tölovlarda naqd pullardan foydalaniş darajasini oşişiga olib keldi», - deyiladi şarhda.
2018 yilning yanvar-iyun oylarida naqd pullarning bank kassalari orqali örtaça oylik aylanmasi hajmi 11,7 trln. sömni taşkil etib, 2017 yilning mos davriga nisbatan (4,7 trln. söm) 2,5 barobarga oşişi kuzatildi.












