Farğona viloyatidagi harbiy aerodromlardan birida 150 nafarga yaqin desantçilar ilk bor tungi vaziyatda paraşyut bilan sakraş maşğulotlarida iştirok etdi. Bu haqda Mudofaa vazirligi matbuot xizmati «Kun.uz»ga ma'lum qildi.
Harbiy xizmatçilariştirokida ötkazilayotgan paraşyutdan amaliy sakraş maşqlari yangiça yondaşuv va jangovar imkoniyat sifatini oşiriş asnosida olib borilgan. Ta'kidlaş lozimki, avvalgi yillarga qaraganda bu kabi amaliy öquv maşğulotlar soni keskin köpaygan. Ötkazilgan tahlillar, jiddiy tanqidiy yondaşuvlar asosida yurt himoyaçilarining jangovar şayligini samarali oşiriş imkonini beradigan maşqlar öquv dasturiga kiritilmoqda.
Desantçilar maxsus tayyorgarlikdan keyin tunggi köriş moslamalari yordamida 800 metr balandlikdan paraşyut bilan sakraşni amalga oşirdi. Tunda sakraş maşqlarini ötkazişdan maqsad harbiy xizmatçilarining noqulay vaziyatlarda qöyilgan vazifalarni öz vaqtida va sifatli bajarişga örgatiş, öziga bölgan işonç va ruhiy tayyorgarligini oşiriş, janovar şayligini yana bir bor sinovdan ötkazişdan iborat.























