Farzandingiz tibbiyot, muhandislik va axborot texnologiyalari sohalari bo‘yicha xorijda ta’lim olishini istaysizmi?

Foto: Lily Education

Lily Education o‘quv markazi sizga Hindiston universitetlarida ta’lim olish imkoniyatini taqdim etadi.

Endi farzandingiz Hindistonning quyidagi nufuzli ta’lim dargohlarida grant yoki kontrakt asosida tahsil olishi mumkin:
- Dehli texnologiya universiteti (Delhi Technological University);
- Hindiston texnologiya instituti (Indian Institute of Technology);
- Milliy texnologiya instituti (National Institute of Technology).

Foto: Lily Education

 Bu borada Lily Education o‘quv markazi sizga yaqindan yordam beradi. Kuchli kadrlarni yetishtirishni maqsad qilgan mazkur o‘quv markazi O‘zbekistonning nufuzli bilim maskanlaridan biridir.
 
Lily Education o‘quv markazi ikki yillik dastur asosida Hindiston universitetlariga abituriyentlarni tayyorlaydi. Dasturni tugatganlar nafaqat Hindiston, balki dunyoning barcha davlatlari oliygohlariga o‘qishga kirishlari mumkin. Bu loyiha O‘zbekistonning Hindistondagi elchisi Farhod Arziyev yordamida ishga tushirilmoqda.

Tibbiyot sohasi bo‘yicha kimyo, biologiya va fizika fanlari, muhandislik sohasi bo‘yicha fizika, kimyo, matematika va axborot texnologiyalari kurslari chuqur o‘rgatiladi.

Foto: Lily Education

 Darslar hindistonlik tajribali o‘qituvchilar tomonidan ingliz tilida olib boriladi. Shuning uchun ham abituriyentlar IELTS imtihonidan kamida 5,5 balga ega bo‘lishi kerak.
 
Dastur Toshkent va Andijon shaharlarida sentabr oyi oxirida ish boshlaydi. Unga 9-10 sinf o‘quvchilari qabul qilinadi. Mashg‘ulotlar haftasiga 3 marta 3 soatdan o‘tkaziladi. Dasturning bir oylik narxi 820 ming so‘m.