22-sentabr kuni Aiçi va Nagoyada bölib ötayotgan 2026-yilgi Osiyo öyinlarida Özbekiston vakillari sportning 15 turida iştirok etdi. Uçinçi musobaqa kunining asosiy natijasi MMA va uşu böyiça qölga kiritilgan uçta kumuş medal böldi. Bundan taşqari, futbol böyiça olimpiya terma jamoasi guruh bosqiçini yuz foizlik natija bilan yakunladi.
Özbekiston aralaş yakkakuraşlarda birdaniga ikkita medalni qölga kiritdi
Firdavs Otamurodov 60 kg gaça bölgan vazn toifasida modern yönalişida kumuş medal sohibiga aylandi. Finalda özbekistonlik jangçi Tojikiston vakili Mirzobek Umarov bilan töqnaş keldi va 0:3 hisobida imkoniyatni boy berdi.
Ayollar örtasidagi MMA turnirida yana bir kumuşni Hilola Sobirova qölga kiritdi. Anʼanaviy yönalişning 60 kg gaça bölgan vazn toifasidagi finalida u singapurlik Teo Xuey Xunga imkoniyatni boy berdi.

Kunning uçinçi kumuş medalini Darya Latişeva taqdim etdi. Nansyuan va nandao yönalişlari böyiça uşu musobaqalarida özbekistonlik sportçi 19,413 ball töplab, ikkinçi örinni egalladi. Uşbu medal Latişevaning faoliyatida Osiyo öyinlarida qölga kiritgan uçinçi mukofoti böldi.

Futbolçilar ketma-ket uçinçi öyinda ğalaba qozondi
Özbekiston olimpiya terma jamoasi futbol turnirining guruh bosqiçini Vyetnam ustidan qozonilgan ğalaba bilan yakunladi - 2:0.
Ravşan Haydarov şogirdlari guruh bosqiçini maksimal natija - 3 ta öyinda 3 ta ğalaba va 9 oçko bilan yakunladi. Çorakfinalda özbekistonliklar 25-sentabr kuni Saudiya Arabistoni bilan kuç sinaşadi.
Ayollar örtasidagi şosse velosporti böyiça guruh poygasida Özbekiston şarafini birdaniga bir neçta sportçi himoya qildi. Ular orasida eng yaxşi natijani oltinçi örinni egallagan Yanina Kuskova qayd etdi.
Stol tennisi böyiça Özbekiston ayollar terma jamoasi musobaqadagi iştirokini muvaffaqiyatli boşladi. Jamoaviy turnirda özbekistonlik qizlar Qozoğistonga qarşi keskin öyin ötkazib, 3:2 hisobida ğalaba qozonişdi va musobaqada kuraşni davom ettiradigan böldi.
Azamat Dauilbayev va Dilşodbek Toliboyev erkaklar örtasidagi plyaj voleyboli turnirida ğalabaga erişdi. Uç setlik uçraşuvda ular Qozoğiston vakillarini 2:1 hisobida mağlub etişdi.













