Joriy yilning 6 avgust kuni jinoyat işlar böyiça Toşkent şahar Bektemir tuman sudi tomonidan B. Utamurodov raisligida oçiq sayyor sud majlisi bölib ötdi. Unda ayblanuvçi N.N. ustidan 210-moddasi 1-qismi böyiça (Pora oliş) jinoyat işi körib çiqildi. 

Ma'lum bölişiça, N.N. 2017 yil 26 sentabr oyidan Sergeli tuman Davlat soliq inspeksiyasi Soliq qarzini undiriş bölimi boşliği örinbosari lavozimida işlab kelgan. Ayblanuvçi özining vakolatlaridan qasddan foydalanib, şu yilning 18 iyun kuni fuqaro S.G. ni davlatdan bölgan 6.795.360 söm soliq qarzdorligini bartaraf etib, S.G. foydasiga ijobiy hal etib beriş evaziga 500 AQŞ dollari miqdorida pora berişni talab qilgan.

Masala yuzasidan fuqaro S.G. ning arizasiga binoan 2017 yil 19 iyun kuni soat 17:30 larda Toşkent şahar prokuraturasi va IIBB xodimlari hamkorligida tezkor tadbir ötkazilgan. Ayblanuvçi N.N. fuqaro S.G. dan 500 dollar olayotganligi vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Sud majlisida ayblanuvçi aybiga töliq iqror böldi. 

Sud uni Özbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi 210-moddasi 1-qismi bilan (pora oliş) aybdor deb topib, 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi va ayblanuvçi mansabdor şaxs bölganligi sababli Jinoyat kodeksi 45-moddasini (muayyan huquqdan mahrum qiliş) qöllab, 2 yil muddatga soliq idoralarida va mansabdorlik lavozimlarda işlaş huquqidan mahrum qiliş jazosi tayinladi. 

Jazoni ötaş 19 iyun kunidan hisoblanişi va jazoni manzil koloniyalarda (ozodlikdan mahrum qilişning eng yengil koloniyasi) ötaş belgilandi.