2-8 oktabr kunlari Turkmanistonning Turkmanobod şahrida Özbekiston Respublikasi va Turkmaniston örtasidagi Davlat çegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qiliş masalalari böyiça qöşma Özbekiston-Turkmaniston hukumatlararo komissiyasi işçi guruhlarining navbatdagi uçraşuvi bölib ötdi. Bu haqda Taşqi işlar vazirligi xabar bermoqda.

Uçraşuv davomida Özbekiston-Turkmaniston davlat çagarasining alohida uçastkalarida oldinroq ötkazilgan qöşma dala topografo-geodeziya işlari natijalari körib çiqildi, şuningdek, keyingi dala işlarini ötkaziş muddatlari kelişildi.

Uçraşuv döstlik va özaro tuşuniş muhitida ötdi.

Uçraşuv yakuniga köra Bayonnoma imzolandi.