Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston «Shimol-Janub» yo‘lagiga qo‘shilishdan manfaatdor
O‘zbekiston «Shimol-Janub» xalqaro transport yo‘lagiga ulanishni rejalashtirmoqda, deya ma'lum qildi O‘zbekiston Respublikasi bosh vazirining o‘rinbosari Suhrob Xolmurodov O‘zbekiston-Hindiston hukumatlararo komissiyasining 11-majlisida.
«Biz uchun «Shimol-Janub» xalqaro transport loyihasida ishtirok etish ham qiziqish uyg‘otadi, u tranzit salohiyatini oshirishga yordam beradi», - dedi u.
Yo‘lak Hindiston va Fors ko‘rfazi mamlakatlaridan Rossiya, G‘arbiy Yevropa, Boltiqbo‘yi va Skandinaviya mamlakatlariga yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. Yo‘lakning asosiy ustunligi - masofa va yuklarning yetkazib berish muddatini Suvaysh kanali orqali tashuvlar bilan solishtirganda ikki-uch barobar kamaytirish.
Xolmurodovning fikricha, transport va logistika sohasidagi hamkorlikni yanada rivojlantirish O‘zbekiston hamda Hindiston o‘rtasidagi o‘zaro savdo-sotiqni kengaytirishda muhim omil bo‘ladi.
Uning ta'kidlashicha, O‘zbekiston hukumati Hindistonni Ashxobod bitimiga qo‘shilishini qo‘llab-quvvatladi, bu esa Hindiston va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi savdo hajmini oshirishga yordam beradi.
Eslatib o‘tamiz, 2011 yil 25 aprelda O‘zbekiston, Turkmaniston, Eron, Ummon va Qatar hukumatlari tranzit yo‘lagini tashkil etish to‘g‘risidagi bitimni imzoladilar. 2013 yilda Qatar tomoni loyihadan chiqib ketdi.
Mavzuga oid
11:04 / 30.06.2026
O‘zbekistonda yashayotganiga 1 yildan oshgan har to‘rt nafar xorijlikdan biri – hindistonlik
18:39 / 16.06.2026
Hindistonda tibbiyot oliygohlariga kirish imtihonlari paytida Telegram bloklandi
19:25 / 01.06.2026
O‘limlar vodiysi – VARANASI | SUBYEKTIV
09:16 / 29.05.2026