Yevropa futboli asta-sekinlik bilan tezlaniş olmoqda. Ötgan hafta kuçli beşlikdan Angliya va Fransiyada dastlabki tur öyinlari bölib ötgan bölsa, bu haftadan Italiya A Seriyasi va Ispaniya La Ligasi ham start oladi va aytiş mumkinki, bizni birinçi kunlardanoq bir qator e'tiborga molik öyinlar kutmoqda. An'anaviy ravişda, dam oliş kunlari Yevropa maydonlarida bölib ötadigan qiziqarli uçraşuvlar anonsi bilan taniştiramiz.
ÇeLSI – ARSeNAL (18 avgust, 21:30)
«Arsenal»ning taqvimiga havas qilib bölmaydi. Ötgan turda Emeri şogirdlari juda yaxşi sport formasida bölgan «Mançester Siti»ni qabul qilişdi va mağlubiyatga uçraşdi. Endi esa, «Stemford Bridj»ga safar. «Çelsi» esa, safarda töp surganiga qaramasdan, ança işonçli öynadi va yirik hisobda ğalaba qozondi.
Har ikki jamoa mavsumga bir xil şaroitda kirib kelişdi. Ötgan yilgi muvaffaqiyatsiz mavsumdan söng, yangi murabbiy, Yevropa Ligasiga, kamtarona transfer siyosati. Mutaxassislar bu jamoalarga unçalik işonişmayapti, sababi, aytiş mumkinki, Emeri ham, Sarri ham oldingi murabbiylardan biroz farqli öyin falsafasiga ega. Bu esa, dastlabki oylarda biroz noqulaylik tuğdirişi mumkin deb hisoblaşmoqda.
Tarkiblarga kelsak, «Çelsi» safida faqat Sesk Fabregas maydonga tuşmasligi mumkin. Aksinça, jahon çempionati tufayli ta'tildan keçroq qaytgan Eden Azar bu safar öyinga tayyor böladi va asosiy tarkibda maydonga tuşişi kutilmoqda. «Arsenal» safida esa, uzoq muddatga safdan çiqqan Koselni va Kolaşinatsdan taşqari hamma tayyor. Hatto Naço Monreal ham maşğulotlarga kirişdi va u bugun maydonga qaytişi mumkin.
Özaro uçraşuvlarga qarasak, sönggi paytlarda «Arsenal»ning ustunligiga guvoh bölamiz. Turli turnirlar va örtoqlik öyinlarini ham qöşsak, oxirgi olti öyinda «Çelsi» ğalaba qozona olmayapti. Özaro sönggi uçraşuv esa, yaqindagina, 2 avgust kuni mavsumoldi yiğinlar doirasidagi AQŞ turnirida bölib ötgandi. Ryudigerning öyin boşlaridagi urgan goliga sönggi daqiqada Lyakazett javob bergan va öyin 1:1 hisobida yakuniga yetgan.
KeVO – YuVeNTUS (18 avgust, 21:00)
Odatiy kunda bu uçraşuvga e'tibor qaratiş şart bölmasdi, balki. Ammo Kriştianu Ronaldu oddiy futbolçi emas, uning A Seriyadagi debyut öyini barçaning e'tiborida bölişi tabiiy. Bu tomondan «Kevo» muxlislariga havas qilsa arziydi. Şundoğam «Kevo» «Yuventus» uçun qulay raqib, oxirgi 12 öyinning 11tasida turinliklar jamoasi ğalaba qozonişgan, bir öyin durang bilan tugagan. Ammo şu bahona Ronalduning «Yuventus» safidagi ilk rasmiy öyinini jonli tomoşa qiliş hammaga ham emas, töğrimi?
Mavzuga oid
«Real»dagi sarguzaştlarini tugatib, yangi çaqiriq uçun Turinni tanlagan 33 yoşli hujumçi nazorat öyinlarida özini körsatmoqda va gollar urmoqda. Uning Madriddagi goleadorlik xususiyati Italiyada ham davom etadimi, bunga dastlabki öyindayoq javob olişimiz mumkin.
Faqat Ronaldu emas, muxlislar şu kuni Leonardo Bonuççining ham qaytişini kuzatişlari mumkin. «Milan»da muvaffaqiyatsiz keçgan mavsumdan keyin Bonuççi yana qaytmoqda. Yana bir yangi futbolçi Konseluning esa, maydonga tuşişi söroq ostida. Uning kiçik jarohati bor.
VILYaReAL - ReAL SOSeDAD (18 avgust, 23:15)
Haqiqiy ispan futbolini soğinganlar uçun juda yaxşi afişa. Balki yangi mavsumda yevrokuboklar uçun kuraşadigan ikki jamoa dastlabki turdayoq töqnaş keladi.
«Vilyareal» juda faol mavsumoldi transfer kampaniyasini olib bordi. Jamoani tark etganlar orasida ham, kelganlar orasida ham e'tiborli nomlar bor. Masalan, uzoq yillik tanaffusdan söng, erkin agent sifatida jamoaga qaytgan Santi Kasorlani maydonda köriş mahalliy işqibozlar uçun ham, biz uçun ham qiziq bölsa kerak. Şuningdek, «Everton»dagi öyinlari orqali taniş bölgan markaziy himoyaçi Ramiro Funes Mori, «Portu»dan kelgan Migel Layyun kabi futbolçilar ham jamoa öyiniga işonç olib kirsa kerak.
Basklar tarkibida esa, yetakçi himoyaçi Alvaro Odriosola Madridning «Real»iga ötib ketdi. Ammo aynan «qirollik klubi»dan ijaraga olingan Teo Ernandes uning örnini bildirmasa kerak.
Yana şuni aytiş mumkinki, har ikki jamoa tarkibida jarohatlangan futbolçilar juda köp. Mezbonlardan Soriano, Bonera, Fuyego va Triguerosning öynaşi söroq ostida bölsa, sosedadliklardan Yanuzay, Surutusa, Xuanmi Lopes, Moyya kabi futbolçilarda jarohat bor.
Jamoalar örtasida keçgan oxirgi 20 uçraşuvning 8tasida «Vilyareal» ğalaba qozongan. Şunça öyin durang bilan yakuniga yetgan.
LATsIO – NAPOLI (18 avgust, 23:30)
A Seriya faqat Ronalduning debyuti emas, ikki favorit jamoaning özaro bahsi bilan ham boşlanadi. Ötgani yili sönggi turlargaça Çempionlar Ligasi uçun kuraşgan «Latsio» «Napoli»ni qabul qiladi.
«Napoli» yozda tarkibda katta özgarişlar qilmagan bölsa-da, boş murabbiy özgarganining özi ham katta voqea. Agar öyin falsafasida katta ahamiyat kasb etgan Sarri örniga, haqiqiy italiyalik Karlo Ançelotti kelgan bölsa... Şuningdek, maydon markazida yetakçi futbolçi Jorjino «Çelsi»ga ötib ketdi. Uning örnini «Bolonya»dan taklif qilingan Simone Verdi bosişi kerak.
«Latsio» esa braziliyalik havbeki Filipe Andersonni «Vest Hem»ga sotişga majbur böldi, Stefan de Vrey «Inter»ni tanladi. Şunday bölsa-da, Simone Indzagi jamoasiga bu yili özini körsatişi mumkin bölgan yangi nomlar kelib qöşilgan. Bular - Rizo Durmisi («Betis»), Valon Berişa («Zaltsburg»), Silvio Proto («Olimpiakos»), Françesko Açerbi («Sassuolo»), Xoakin Korrea («Sevilya») va Milan Badel («Fiorentina»).
Qiziği, saviya jihatidan bu jamoalar bir biriga ança yaqin hisoblansa-da, sönggi uç öyinda «Napoli» yirik hisobda ğalaba qozongan ekan. «Latsio»ning sönggi ğalabasi 2015 yilning mayiga töğri keladi.
VALeNSIYa – ATLeTIKO (20 avgust, 23:00)
Yana bir ispan futboli klassikasi. La Ligada çempionlar ligasi yöllanmasini qölga kiritiş uçun atigi ikki joy bor. «Real» va «Barselona»ning doimiy çiptasidan taşqari. Bu ikki jamoa mana şu ikki örinni egallaşgan, ya'ni ötgan mavsumni maksimal darajada muvaffaqiyatli ötkazişgan deyiş mumkin.
Buning ustiga har ikki jamoa ham yozda juda faol böldi va bir qator kuçli futbolçilar evaziga yanada kuçaydi. Denis Çerişev, Kevin Gameyro, Miçu Başuayi, Kristiano Piççini, Daniyel Vass, Muxtor Diakabi kabi futbolçilar «Valensiya»ga ötgan yili yetişmagan ustunlikni beradi - ya'ni murabbiy uçun turli rotatsiya va taktik manevrlar uçun şaroit yaratadilar. Ketganlar orasida Nanining «Sporting»ga, Kanselu «Yuventus»ga transferi, Perreyraning Mançesterga, Gonsalo Guedeşning Parijga qaytganini aytiş mumkin. Jamoa nazorat öyinlarini ham yuqori saviyada ötkazdi - Anliyada «Everton» ustidan 3:2, şuningdek, «Bayyer» ustidan qozonilgan yirik (3:0) hisobdagi ğalaba ham e'tiborga molikdir.
«Atletiko» ham juda aqlli va dadil transferlarni amalga oşirdi. 70 millionga Lemarning «Monako»dan kelişining özi katta voqea. «Atletiko»ning kuçini kuni-keça Yevropa Superkubogi uçun bahsda ham kördik. Tabiiyki, bu yil madridliklar özi qatnaşadigan barça musobaqalarda ğoliblik uçun kuraşadi. Yöl esa, Valensiyadan boşlanadi, oson emas.
«Valensiya» «Atletiko» ustidan 2014 yilning oktabridan buyon ğalaba qozona olmayotganini ta'kidlaş kerak.
KRISTAL PELAS – LIVeRPUL (20 avgust, 23:55)
«Liverpul» mavsumni juda yaxşi boşladi va Klopp jamoasi köpçilik taxmin qilganidek, çempionlik uçun asosiy da'vogarlardan biri ekanini isbotlaşni boşladi. Ammo «Kristal Pelas» «Liverpul» uçun juda noqulay raqib.
Tört yil oldin aynan «Kristal Pelas» 0:3 hisobini 3:3ga aylantirib, «Liverpul»ni nazariy tomondan çempionlik kuraşidan çiqarib yuborganini hamma eslasa kerak. Bu oxirgisi emasdi, şundan söng ham «Kristal Pelas» raqibining oyoğidan çalişda davom etdi. Yurgen Kloppning Angliyadagi ilk mağlubiyati ham «Enfild»da aynan «Kristal Pelas»dan bölgandi. Umuman, sönggi 4 yilda «Kristal Pelas» «Liverpul»ni 4 marta mağlubiyatga uçratdi – kiçik jamoa uçun bu juda katta natija. Bu ğalabalardan uçtasi «Enfild»da röy bergan. Öz maydonida ham «burgutlar» ança dadil öyin namoyiş etişadi.
«Liverpul»ning transfer oynasidagi xaridlari haqida köp gapirildi, öz navbatida Roy Hojson ham tarkibda bir qator sezilarli özgarişlarni amalga oşirdi. «Vest Hem»dan Şeyx Kuyate, Germaniyadan Maks Mayyer, «Suonsi»dan Jordan Ayyu kabi nomlar «Kristal Pelas» uçun juda yaxşi kuçayişdir. Şuningdek, jamoa yetakçi hujumçisi Uilfrid Zaaning klub bilan yangi şartnoma imzolagani ham emotsional tomondan ijobiy turtki bölişi mumkin. Tark etganlar orasida Yohan Kabayning «An Nasr»ga ötib ketganini eslaş mumkin.
«Liverpul» sönggi nazorat öyinlarini juda kuçli ötkazdi, «MYu» ustidan 4:1, «Napoli» ustidan 5:0 hisobidagi ğalabalar qayd etildi. Buning davomi sifatida «Vest Hem» APLning 1-turida 4:0 hisobida tor-mor keltirildi. Saloh, Mane, Firmino hamon öşa biz bilgan yuksak sport formasidalar, xöş, ötgan yili «Mançester Siti»ni töxtatişning uddasidan çiqqan «Kristal Pelas» bu safar nima qila olarkin?
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi