Gulnora Karimova tomonidan 800 million Şveytsariya frankining (810 million dollar) 700 million dollarga yaqin qismi musodara etilişi yuzasidan kiritilgan ariza jinoiy işlar böyiça Şveytsariya federal sudi tomonidan rad etildi.

OAV ma'lumotiga köra, hukm 31 iyul kuni çiqarilgan. 

Karimovaning apellyatsiyasi uning Jyenevadagi advokati Greguar Manja tomonidan kiritilgan edi. 

«Şveytsariyadagi hisoblarga joylaştirilgan va band solingan 800 million frankning 701 million dollarlik qismi musodara etilişiga qarşi da'vo yutqazilgan», deyilgan xabarda.

Bundan oldinroq, Şveytsariya Gulnora Karimovaning millionlarini Özbekistonga qaytarişi mumkinligi haqida xabar berilgandi.

Anonim manbaning ta'kidlaşiça, mazkur pullarga bir neça da'vogarlar bölgan. Ularning eng birinçisi Özbekiston hukumati bölsa, ikkinçisi — AQŞ va uçinçisi Zeromax kreditorlaridir.

«Gulnora Karimova va uning gumaştalari moliyaviy nayranglarini AQŞ dollarida olib borgani, boz ustiga AQŞ bank tizimidan foydalanganini da'vo qilayotgan Amerika moliya vazirligi pullarning bir qismiga ega çiqişi mumkin. Zeromax​ kreditorlari hozirça tergovga bu kompaniyaning asl egasi Gulnora Karimova bölganini isbotlab berişa olgani yöq, şu sababli ularda amalda bu pullarning qandaydir bir qismini bölsada qölga kiritiş uçun imkoniyat qolmagan», — degandi şveysariyalik mulozim.

Özbekiston Respublikasi Boş prokuraturasi Matbuot xizmati Kun.uz'ga tasdiqlaşiça, federal sud tomonidan 22 may kuni qabul qilingan qarorga köra, Gulnora Karimova hisobidagi mablağlar (686,7 million dollar) Özbekistonga qaytarilişi kutilmoqda. Bu borada Boş prokuratura Şveytsariya tomoni bilan hamkorlikda iş olib bormoqda.

Eslatib ötamiz, Toşkentdagi Forumlar saroyi va «Bunyodkor» stadionini (hozirgi «Milliy» stadioni) quriş uçun Zeromax GmbH kompaniyasi 20dan ortiq Şveytsariya kompaniyalari bilan şartnomalar tuzgan. 2010 yil 28 oktabrda Zeromax kasodga uçraganini ma'lum qilgan. Yevropalik kreditorlar esa Karimovaning muzlatilgan aktivlari hisobidan qarzlarning qaytarilişini sörab arz qilgan. Qarzning umumiy miqdori 5 milliard dollarni taşkil qilgan. Kreditorlar Zeromax’ning haqiqiy egasi Gulnora Karimova ekanini aytgan. Kompaniyaning sobiq ijroçi direktori Mirodil Jalolov ayni paytda Özbekistondagi qamoqxonalardan birida jazo muddatini ötamoqda.