AQŞ xavfsizlik xizmatining sobiq xodimlari va Markaziy razvedka boşqarmasi (MRB)ning olti nafar sobiq direktori Qöşma Ştatlar prezidenti Donald Tramp tanqid ostiga olingan qöşma xatni imzoladi. Bunga Trampning Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori Jon Brennan maxfiy ma'lumotlariga kirişni rad etiş töğrisidagi qarori sabab böldi. Bu haqda The Daily Beast naşri xabar qildi.

Maktubni AQŞ razvedkasining sobiq 12 nafar yuqori lavozimli mulozimi imzoladi. Unda sobiq amaldorlar Trampning Brennanga nisbatan maxfiy ma'lumotlardan foydalanişni bekor qiliş haqidagi «öylanmagan va misli körilmagan» qaroriga qarşi norozilik bildirişdi.

«Biz barçamiz prezidentning harakatlari maxfiy ma'lumotlarga kiriş huquqini uşlab qolişi yoki saqlamasligi kerak bölgan şaxs bilan heç qanday aloqasi yöqligini bildiramiz. Bu söz erkinligini bostirişga urinişdir», - deya yozadi sobiq mulozimlar. 

Qöşma bayonotni imzolagan Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktorlari orasida Devid Petreus va Leon Panetta bor. Ta'kidlanişiça, hujjatni Markaziy razvedka boşqarmasi sobiq direktori Jyeyms Klapper ham imzolagan.

«Maxfiy ma'lumotlarga kiriş töğrisidagi qaror siyosiy emas, balki milliy xavfsizlik nuqtai nazaridan kelib çiqişi kerak», - deya yozişgan ular.