Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Prezidentning Namangan viloyatiga tashrifi davomida bir obektning nomi o‘zgartirilgan
Foto: Prezident matbuot xizmati
“Namangan istiqlol bog‘i” MChJ tomonidan Namangan shahridagi “Mashrab” sobiq bog‘i bazasida zamonaviy madaniyat va istirohat bog‘ini qurish bo‘yicha loyiha amalga oshirilmoqda. Kun.uz’ga ma'lum bo‘lishicha, Vazirlar Mahkamasining tegishli farmoyishida shu haqda aytilgan.
Bu Namangan shahrining turistik jozibadorligini yanada oshirish, aholi uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida qilinmoqda. Ta'kidlanishicha, yuqoridagi obektga sement va metalloprokat to‘g‘ridan-to‘g‘ri hamda tartibga solinuvchi narxlar bo‘yicha yetkazib berilmoqda.
Ma'lum bo‘lishicha, O‘zbekiston prezidentining Namangan viloyatiga tashrifi davomida obekt nomi “Afsonalar vodiysi” etib o‘zgartirildi.
“Namangan istiqlol bog‘i” MChJga 2020 yilning 1 martiga qadar bo‘lgan muddatda loyiha doirasida obekt qurilishi va rekonstruksiyasini parallel loyihalash sharoitlarida amalga oshirishga ruxsat berildi.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025