Boş vazir örinbosari Aziz Abduhakimov 2018/2019 öquv yilida oliy ta'lim muassasalariga qabul böyiça Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining qarori töğrisida yangi ma'lumot berdi.

2018 yil 16 avgustda Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasi majlisining 6-son bayoni qabul qilingan.

Bayonda quyidagilar böyiça majlis qarori qabul qilingan.

Birinçidan, respublika oliy ta'lim muassasalariga davlat grantining minimal ötiş bali 68,0 ball (eng yuqori ötiş bali 189,0 ballning 36%), tölov-kontraktning minimal ötiş bali 56,7 ball (eng yuqori ötiş bali 189,0 ballning 30%) etib belgilangan.

Bunda, oliy ta'lim muassasalariga nogironligi bölgan şaxslarni qöşimça davlat granti asosida öqişga qabul qiliş amaldagi qonunçilikka asosan amalga oşiriladi.

Ikkinçidan, tölov-kontraktning minimal ötiş bali 56,7 ball ekanligini inobatga olib, Davlat test markazi 2 kun muddatda test sinovlari natijalari qaydnomalarini qaytadan körib çiqib, qabul kvotasi tölmagan ta'lim yönalişlarining qabul çegarasini tuşiradi hamda örnatilgan tartibda qaydnomalarni çop etib, oliy ta'lim muassasalariga yetkazadi.

Uçinçidan, oşirilgan tölov-kontrakt böyiça:
56,7 balldan yuqori ball töplagan abituriyentlar uçun Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oşirilgan tölov-kontrakt miqdori etib;

56,7 balldan kam ball töplagan abituriyentlar uçun Özbekiston Respublikasi ta'lim muassasalariga öqişga qabul qiliş böyiça Davlat komissiyasining 2018 yil 13 avgustdagi 5-son bayonining 1-ilovasi bilan tasdiqlangan oşirilgan tölov-kontrakt miqdorining 2 barobari etib belgilandi.

Bundan taşqari, test sinovlari natijasi böyiça yetarli ball töplamagan va oşirilgan tölov-kontrakt asosida öqiş istagini bildirgan abituriyentlarga oşirilgan tölov-kontraktning miqdori (barobari) kam bölgan ta'lim yönalişini tanlaş imkoniyati berildi. Bunda, abituriyent test topşirgan fanlar majmuasining (fan bloklarining örni) mosligi hamda uning doimiy yaşaş joyi va hujjat topşirgan oliy ta'lim muassasasi joylaşgan hudud mezon sifatida belgilandi.