«Yuventus» rasmiy sayti orqali yarimhimoyaçi Klaudio Markizio bilan xayrlaşayotganini ma'lum qildi. Ayni paytda 32 yoşli futbolçining qaysi klubga ötayotgani haqida ma'lumot berilmagan.

Markizio «Yuventus» maktabi tarbiyalanuvçisi sanaladi. U bir yil «Empoli»da ijara asosida töp surganini inobatga olmaganda, butun faoliyatini «keksa sinora» safida ötkazgan.

Markizio turinliklar bilan Italiya çempionatida 7 karra, mamlakat kubogida 4 karra va Italiya superkubogida 3 marta ğolib çiqqan. U, şuningdek, «Yuventus» libosida ikki marta YeÇL finalida ham öynagan. A Seriyaning ötgan mavsumida u 15 öyinda maydonga tuşib, 1 ta golli uzatma muallifi bölgandi.

Avvalroq OAVda Markizioga «Monako» va «Nitstsa» klublaridan qiziqiş bölayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.