Eng oddiy bioxak — ertalabdan aççiqqina qahva içiş. "Layfxaker" organizmni işga "sozlaş"ning boşqa, u qadar maşhur bölmagan usullari haqidagi ma'lumotlari bilan bölişdi.

Kimdir prokrastinatsiya (hayotiy muammolarga olib keluvçi muhim va şoşilinç işlarni orqaga suriş, keçiktiriş) bilan kuraşayotgan bir vaqtda boşqa birov yanada işçan va samarali böliş yöllarini izlaydi. Bioxaking şunday paydo bölgan. U öz samaradorligini oşiriş uçun organizmga yeguliklar, sport va uyqudan maksimum foyda oliş usullarini öziga jamlagan.

Foto: GETTY

1. "Yoğli" qahva içing

Şunday paytlar böladiki, közingizga uyqudan boşqasi körinmaydi. Biroq oddiy qahva sizga tetiklik baxş etmasligi ham mumkin (darvoqe, organizm ba'zi içimliklarga örganib qolişi holatlari ham uçraydi, şu bois ular tetiklaşişga yordam bermaydi).

Bunday holatlarda qaynoqqina qahvaga bir çoy qoşiqda kokos yoği yoki sariyoğ qöşsangiz, köproq foyda keltiradi. U jigar ketonlarga aylantiradigan triglitseridlarga ega — bu aql uçun öziga xos ozuqadir.

U glyukozadan farqli ölaroq, soğlom ozuqa hisoblanadi. Miya olingan energetik quvvatni teng taqsimlaydi, bunda kofein pasayişi belgilari - samaradorlik örnini birdaniga çarçoq va diqqatni jamlay olmaslik egallaşi kuzatilmaydi.

2. Köproq tanovul qiliş

Vazn taşlaş istagidagi kişilarga tez-tez kiçik porsiyalarda ovqatlaniş tavsiya qilinadi. Organizmni bunday "aldaş" samaradorlikni oşiriş kerak bölgan holatlarda ham ta'sir qiladi.

Yegulikni ongli qabul qiliş ovqat hazm qiliş tizimini şunday yuklaydiki, organizm özining barça energetik resurslarini endigina iste'mol qilingan taomlarni qayta işlaşga yönaltirişga majbur böladi - boşqa vazifalarga esa kuç ham qolmaydi. Tuşlikdan keyin uyqu elitişini sezgan har qanday inson buni tasdiqlaşi mumkin.

Bunday vaziyatda odatiy uç mahal ovqatni, masalan, beş kiçik va yengil tamaddiga almaştiriş mumkin. Imkon qadar oğir mahsulotlarni tanlamaslik kerak - köproq sabzavotlar va kökatlarga e'tibor qarating.