Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston terma jamoasi Toshkentda jahon chempionati ishtirokchisi bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi
O‘zbekiston terma jamoasi 11 sentabr kuni Toshkentda jahon chempionati ishtirokchisi Eron bilan o‘rtoqlik o‘yini o‘tkazadi. Bu haqda O‘FA sayti xabar bermoqda.
2019 yil yanvar oyida BAAda bo‘lib o‘tadigan Osiyo Kubogiga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida, O‘FA bir qator terma jamoalar bilan Toshkentda o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvga erishdi.
Jumladan, 6 sentabr kuni Suriya terma jamoasi poytaxtimizga tashrif buyursa, 11 sentabr kuni o‘zbekistonlik futbol muxlislari milliy terma jamoamizning Eronga qarshi bellashuvini bevosita stadiondan tomosha qilish imkoniyatiga ega bo‘lishadi.
Bundan tashqari, oktabr oyidagi FIFA kunlaridan ham samarali foydalanish rejalashtirilgan. Ektor Kuper boshchiligidagi O‘zbekiston terma jamoasi 13 oktabr kuni KXDR, 16 oktabr kuni esa Qatar terma jamoalariga qarshi Toshkentda maydonga tushadi.
O‘FA Xalqaro aloqalar bo‘limi tomonidan noyabr oyidagi FIFA kunlarida ham o‘rtoqlik o‘yinlari o‘tkazish uchun yana bir qator terma jamoalar bilan muzokaralar olib borilmoqda.
Mavzuga oid
20:49 / 07.07.2026
«Dinamo» futbolchisi Bundesliga klubiga o‘tishi mumkin
09:41 / 04.07.2026
Kannavaro, ichki muhit, alamli 11 gol va Ronalduga qarshi jang: Rustam Ashurmatov bilan eksklyuziv suhbat
23:50 / 01.07.2026
Bosh vazir futbolchilardan milliy jamoani tanqid qilgan «divan ekspertlarini» kechirishni so‘radi
21:25 / 01.07.2026