Muxika 2015 yilda prezidentlik muddati yakunlangach, mamlakat senatida ishlay boshlagan. 14 avgustda u senator lavozimidan ketgan. 

Muxika ushbu lavozimda 2020 yilgacha qolishi mumkin edi, biroq pensiyaga ketish iltimosi haqidagi maktubida “uzoq sayohatdan keyin charchagani”ni yozgan.

“Mening aqlim hali rasoligiga qaramasdan, men hamfikrlik va g‘oyaviy kurashdan voz kecha olmayman”, deb aytilgan Muxikaning o‘z rafiqasi – senat boshlig‘i Lusiya Topolanski nomiga yozilgan maktubida.

Hozirda 83 yoshda bo‘lgan Muxika o‘z vaqtida umrining 14 yilini harbiy turmalarda o‘tkazishiga to‘g‘ri kelgan. U kamtar turmush kechirishi bilan tanilgan. Muxika prezidentlik muddati (2010 yil 1 martdan 2015 yil 1 martgacha) davomida va undan keyin rafiqasi bilan mamlakat poytaxti Montevideo yaqinidagi fermalarida yashagan.  

Muxika prezidentlik maoshining deyarli hammasini xayriya ishlariga bergan. Uning fermasidan tashqari yagona mulki 1987 yilda ishlab chiqarilgan Volkswagen Beetle avtomobili hisoblanadi. Muxikaga 2014 yilda bu mashinani 1 mln dollarga sotish taklif qilingan, biroq u bunga rozi bo‘lmagan.