FIFA prezidenti Janni Infantino Özbekiston milliy terma jamoasi uçun yangi avtobus sovğa qilinişini va'da bergan edi.
Bu avtobus yurtimizga yetib keldi, deb xabar beradi ÖFA sayti.

Mercedes Travego M rusumidagi avtobus 46 örindiqli bölib, barça qulayliklarga ega va zamonaviy vositalar bilan jihozlangan.
Şu paytga qadar Özbekiston milliy terma jamoasi yiğin davomida hamda öyinlarga boriş uçun klublardan olingan avtobuslardan foydalanib kelgan. Endi terma jamoamizning öz avtobusi bor.
Bu avtobus milliy ramzlarimiz va ÖFA logolari bilan bezatiladi hamda yiğin va öyinlar davomida milliy terma jamoamiz futbolçilari uçun xizmatga şay böladi.














