Pokistonning “Adolat uçun harakat” partiyasi yetakçisi Imron Xon 17 avgustda Pokiston boş vaziri lavozimiga saylandi. Milliy assambleyaga (parlament quyi palatasi) saylovlarda ğolib bölgan partiya yetakçisi 272 ovoz bergan deputatdan 176 nafari ovozini olgan.
Mamlakatda 25 iyulda ötgan parlament saylovlarida Xon partiyasi 1-örinni egallab, quyi palatadagi 272 örindan 116 tasini qölga kiritgandi.
Xon saylovlardan keyin Kaşmir masalasiga yeçim topiş maqsadida Hindiston bilan muzokaralar olib borişga va'da bergandi. U, şuningdek, AQŞning mintaqadagi aksilterrorçilik çoralariga tanqidiy qaraşi bilan tanilgan bölişiga qaramay, Vaşington bilan özaro manfaatli munosabatlarni örnatişga çaqirgan.
Kelib çiqişi puştun bölgan Xon 1952 yilda Miyanvali şahrida (Panjob viloyati) muhandis-quruvçi oilasida dunyoga kelgan. 1972 yilda Oksford universitetini yakunlagaç, iqtisodiy bakalavri darajasini olgan.
1971 yildan 1992 yilgaça professional sport bilan şuğullanib, kriket böyiça Pokiston terma jamoasi şarafini himoya qilgan va unga 10 yil sardorlik qilgan. 1992 yilgi jahon çempioni hisoblanadi. 1983 yilda kriket böyiça nufuzli ingliz naşri Xonni yilning eng yaxşi kriketçisi deb atagan. 2010 yilda uning nomi Xalqaro kriket kengaşi şon-şuhrat zaliga kiritilgan.

Imron Xon 1996 yilda “Adolat uçun harakat” (Pakistan Tehreek-e-Insaf) partiyasiga asos solgan.
Xon siyosiy faoliyatdan taşqari xayriya va ta'lim loyiihalari bilan şuğullanadi. U Laxorda saratonni taşxis qiliş va davolaş bilan şuğullanuvçi, dunyodagi yetakçi bepul tibbiy muassasalardan biri bölmiş onkologiya ilmiy-tadqiqot markaziga, Rikxi okrugida esa texnika fanlari sohasida mutaxassislarni tayyorlovçi kollejga asos solgan.












