Ayni vaqtda Özbekiston telekommunikatsiya tarmoğida jadal rivojlaniş kuzatilmoqda. Mobil va simli telefon aloqa abonentlari soni ham sezilarli ravişda ösib bormoqda va hozirda respublikada abonentlar 22 millionni taşkil etadi.

Bunday şaroitda mavjud 8 xonali telefon raqamlari tizimida yetişmovçiliklar böldi, deb xabar bermoqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi axborot xizmati.

Xalqaro elektraloqa uyuşmasi tavsiyalariga köra, bu kabi vaziyatda köp xonali raqamlar tizimiga ötiş masalaning yeçimi böla oladi. Masalan, Xitoyda 11 xonali, AQŞ va Yevropaning köplab mamlakatlarida 10 xonali, Rossiyada 7 va 8 xonali telefon raqamlari tizimidan foydalaniladi.

Özbekiston Respublikasida telekommunikatsiya tarmoqlarida raqamlaş «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlaş tizimi va rejasi» RH 45-101:2013 boşqaruv hujjatiga muvofiq amalga oşiriladi. Mazkur hujjat dunyo tajribalarini inobatga olgan holda Xalqaro elektraloqa uyuşmasi tavsiyalariga köra işlab çiqilgan. Unda Özbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida 7 xonali raqamdan 9 xonali raqamga ötiş nazarda tutilgan.

Özbekiston 9 raqamli raqamlaş tizimiga ötişni boşlayapti

Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantiriş vazirligi qanday tayyorgarlik kördi?

9 xonali raqam tizimiga ötişga tayyorgarlik deyarli 10 yil mobaynida olib borildi. Xalqaro tajriba, dunyo standartlari, Xalqaro elektraloqa uyuşmasi tavsiyalari sinçiklab örganildi, telekommunikatsiya operatorlari bilan konsultatsiyalar ötkazildi.

2013 yilda «Özbekiston telekommunikatsiya tarmoqlarini raqamlaş tizimi va rejasi» RH 45-101:2013 boşqaruv hujjati qabul qilindi. Unda Özbekiston Respublikasining telekommunikatsiya tarmoqlarida 9 xonali raqamga ötiş nazarda tutilgan.

2014 yilda ötişning birinçi bosqiçida, qisqa çaqiruv raqamlarining tezkor çaqiruv xizmatlari (yonğin qöriqlaş, militsiya, tez tibbiy yordam, Qutqaruv xizmatining gaz tarmoqlari avariyasi xizmati)ga ötişi amalga oşirildi. Bunda ikki xonali 01, 02, 03, 04, 050 raqamlari 101, 102, 103, 104 va 1050 ga ötkazildi.

Ikkinçi bosqiçda