Şu yil 17 avgust kuni Jizzax viloyatida mudhiş yöl-transport hodisasi sodir böldi. Bu haqda Özbekiston Respublikasi IIV Jamoatçilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boşqarmasi xabar qildi.

Qayd etilişiça, Ğallaorol tumanida yaşagan I.A. mast holda “Neksiya” rusumli avtomaşinasini tuman hududidan ötuvçi “Toşkent-Termiz” avtomobil yölining 1012-km.da haydab ketayotib, özidan oldinda harakatlanib ketayotgan I.R. boşqaruvidagi “DAF” rusumli yuk avtomaşinasining orqa tomoniga urilib yöl-transport hodisasi sodir etgan. 

Natijada haydovçi I.A. va uning 3 nafar yölovçisi tan jarohati olib voqea joyida vafot etgan, yana bir yölovçi esa kasalxonaga yotqizilgan.