Adliya vazirligi Özbekiston Avtomobil yöllari davlat qömitasi va VM huzuridagi Yöl-quriliş işlari sifatini nazorat qiliş Davlat inspeksiyasi faoliyatini örganib, yöl xöjaligida davlat boşqaruvi tizimi samaradorligini tahlil etdi. Tahlil natijalari Ma'muriy islohotlar konsepsiyasi, amaldagi qonunçilikka zid bölgan hamda tarmoqni jadal rivojlantirişga tösqinlik qilayotgan izçil kamçilik va muammolar mavjudligini körsatdi. Bu haqda Adliya vazirligi Axborot xizmati Kun.Uz’ga ma'lum qildi.
Xususan, Qömita respublikamizda yöl xöjaligi sohasida yagona texnik siyosat yurituvçi davlat boşqaruv organi hisoblanadi va ayni paytda avtomobil yöllarini quriş, rekonstruksiya qiliş va ta'mirlaş işlarini amalga oşiradi. Qömitada işlab çiqariş jarayonlari konsentratsiyalaşgan.
Ta'kidlaş joizki, davlat tartibot va xöjalik funsiyalarining birlaşuvi hamda bitta organda buyurtmaçi, pudratçi va nazoratçi vakolatlarining konsentratsiyasi mazkur sohada raqobatning butunlay çeklanganini anglatadi va yöl tarmoğini rivojlantirişga tösqinlik qiladi. Masalan, 2017 yildan to joriy yilning 1-yarim yilligiga qadar yöl xöjaligi sohasida 70dan ortiq yöl-qurilişi taşkilotlari borligi sababli yirik salohiyatga ega bölişiga qaramay, avtomobil yöllarini quriş va rekonstruksiya qiliş böyiça xususiy taşkilotlar bilan bironta ham şartnoma imzolanmagan.
Bundan taşqari, yöl xöjaligi tarmoğining loyiha ehtiyojlari “Yöl loyiha byurosi” MÇJ davlat loyiha taşkiloti imkoniyatlaridan sezilarli darajada oşgan. Buning natijasida, davlat dasturlari hamda davlat rahbari va hukumat topşiriqlarida belgilangan işlarni bajarişda köplab asossiz keçikişlar yuzaga kelmoqda.
“Yöl loyiha byurosi” MÇJ tomonidan 2017-2018 yillarda 81 kelişuvdan 26 tasidagi kelişuv (umumiy miqdorning 32 foizi) majburiyatlarini bajarmasligi natijasida, xususiy loyiha taşkilotlari bilan bitim tuzilgan. Bu yöl xöjaligi faoliyatida xususiy sektor xizmatlariga bölgan talabning yuksakligidan dalolatdir. Texnik va mualliflik nazorati zamonaviy talablar, bajarilgan iş hajmi hamda quriliş obektlari soniga javob bermaydi.
Har bir inspektorga 8tadan 25tagaça obekt töğri keladi, ular oraliğidagi masofa 50 kilometrdan 500 kilometrgaça bölgan masofani taşkil etadi. Xodimlar ştatidagi yetişmovçiliklar, ular malakasining pastligi, quriliş obektlari sonining köpligi va ortiqça nazorat şakllarining mavjudligi sababli olib borilayotgan nazorat samarasiz hisoblanadi.
Bu nazoratni rasmiylaştiriş va iş sifatining pasayişiga olib keladi. Şuningdek, avtomobil yöllari tarmoğiga innovatsion texnologiyalar va materiallarni joriy etiş böyiça amaliy çoralarning qabul qilinmagani, jumladan quriliş-ta'mirlaş işlarida qöllanilayotgan mahalliy resurs uslubi qator muammolarni keltirib çiqarib, budjet mablağlaridan samarali foydalaniş imkonini bermayapti va bu iş sifatining yomonlaşuvi bilan birga nazoratçilar zanjirining oşişiga sabab bölmoqda.













