Bugun, 19 avgust kuni Indoneziya poytaxti Jakarta şahrida Osiyo olimpiya kengaşining 37-boş assambleyasi bölib ötdi. Unda Indoneziyada ötkazilayotgan Osiyo öyinlariga taşrif buyurgan delegatsiyalar rahbarlari, şuningdek, turli sport turlari böyiça federatsiyalari rahbarlari iştirok etişdi.
Assambleyani Osiyo olimpiya kengaşi prezidenti şayx Ahmad al-Fahad al-Ahmad al-Saboh oçib berdi va ma'ruza qildi.

Assambleyada Özbekiston nomidan Milliy olimpiya qömitasi boş kotibi Jasur Matçanov qatnaşdi.

Şuningdek yiğilişda yana bir neça özbekistonlik sport amaldorlari, xususan, Osiyo Olimpiya Kengaşi vitse-prezidenti, Xalqaro havaskor boks assotsiatsiyasi (AIBA) prezidenti vazifasini bajaruvçi Ğofur Rahimov va Osiyo sambo ittifoqi prezidenti Alamjon Mullayev ham iştirok etgan.

Assambleyaning ikkinçi qismiga Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi prezidenti Umid Ahmadjonov ham yetib kelgan.

U Olimpiya kengaşi prezidenti şayx Ahmad al-Fahad hamda AIBA rahbari Ğofur Rahimov bilan ham uçraşgan.

«Kun.uz» muxbiri xabar berişiça, assambleyada 2022 yili Xitoyning Hangjou şahri mezbonlik qiladigan Osiyo öyinlari va 2026 yili Yaponiyaning Ayti-Nagoya prefekturasida bölib ötadigan Osiyo öyinlari, 2020 yilgi Tokio yozgi olimpiadasi va 2022 yilgi Pekin qişki olimpiadasi taqdimoti ötkazilgan, şuningdek, turli federatsiyalar rahbarlari taqdirlangan.













