Taşkilot xabarida keltirilişiça, Özbekiston Toşkent-2025 Olimpiya şaharçasi qurilişini belgilangan muddatda yakunlay olmasligini ma’lum qilib, Osiyo Öyinlari startiga 9 oy vaqt qolganda mezbonlikdan voz keçgan.

«Bugun, 2 dekabr duşanba kuni OOK Ijroiya qömitasining onlayn yiğilişida Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi maktub yöllagani ma’lum qilindi. Unda Toşkentdagi Olimpiya şaharçasi qurilişi belgilangan muddatda yakunlanmasligi sababli, 2025 yil sentabr oyida ötkazilişi rejalaştirilgan öyinlarga mezbonlik qila olmasliklari bildirilgan», - deyiladi xabarda.

Yiğilişda OOK boş direktori Husayn Al-Musallam 2025 yilgi yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlari Senegalda ötadigan 2026 yilgi Yoşlar örtasidagi Olimpiya öyinlari bilan yoş çegaralari va saralaş qoidalari böyiça özaro boğliqligi sababli bu öyinlarni keçiktiriş mumkin emasligini ma’lum qildi.

Bahrayn Olimpiya qömitasi sport inşootlari, turar joy va tibbiy xizmatlar masalasida 2025 yilgi öyinlarga tayyor ekanligini bildirdi. Bahrayn Olimpiya qömitasi Boş kotibi Faris Al-Kuheyjiy yoşlar örtasidagi Osiyo öyinlari-2025ga mamlakat rahbariyati, xususan, Bahrayn Olimpiya qömitasi Prezidenti Şayx Xolid bin Hamad Al-Xalifa tomonidan töliq qöllab-quvvatlanişini ma’lum qildi. 

Şu tariqa, Osiyo Olimpiya Kengaşi Ijroiya qömitasi 2025 yilgi yoşlar örtasidagi Osiyo Öyinlarini Bahraynda ötkazilişini bir ovozdan ma’qulladi. Öz örnida taşkilot Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasiga uşbu yirik musobaqa uçun sarmoya va qilingan xarajatlar uçun minnatdorçilik bildirdi. Şuningdek, Özbekiston kelgusida yirik musobaqalarga mezbonlik qiliş imkoniga ega bölişini ta’kidladi.

Özbekiston Milliy Olimpiya qömitasi va «Toşkent-2025» Osiyo öyinlari direksiyasi direktori Oybek Kasimov Osiyo Olimpiya kengaşining bu qaroriga hozirça rasmiy munosabat bildirgani yöq.

Ma’lumot uçun, birinçi yoşlar örtasida yozgi Osiyo öyinlari 2009 yilda Singapurda, 2013 yilda Nankin (Xitoy), 2017 yilda Xambantotada (Şri-Lanka), ötkazilgan bölsa, 2021 yilda Şantau (Xitoy), 2025 yilda Toşkentda ötkazilişi belgilangandi.
Eslatib ötamiz, 2030 yilgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun Özbekistonning Toşkent va Samarqand şaharlari ham da’vogarlik qilişi rejalaştirilgan edi. Ammo Özbekiston 2030 yilgi Osiyo öyinlari mezbonligi uçun ariza topşirmagandi.