Din işlari böyiça qömita raisi örinbosari Nuriymon Abulhasan Makkai munavvarada Ka'batulloh kalitdorlari bölgan sahobiy Usmon Ibn Tolha avlodlarining uyida mehmon böldi.
Buyuk sahobiy avlodlari uy muzeyida Ka'batullohning qadimgi va bugungi kundagi kalitlari, turli asrlardan saqlanib qolgan ka'bapöşt parçalari, Ka'bani ta'mirlaş vaqtida uning ostidan topilgan qadimiy tarixiy aşyolar, yozuvlar va xazinalar saqlanadi.

«Uşbu oila vakillari bilan uçraşuv ilmiy mazmunga boy, juda qiziqarli ötdi. Uçraşuvda sahobiy Usmon ibn Tolha avlodlari Imom Buxoriy yurtini ziyorat qiliş va Hazrati Imom majmuasidagi Usmon Mus'hafini köriş orzusida ekanliklarini aytdilar.
Hojilarimiz buyuk ibodatlarini çiroyli ado qilib, yurtimizga mabrur haj bilan soğ-salomat qaytişlari, yurtimizda din va xalq manfaati yölida bölayotgan islohotlar bardavomligini tilab duolar qilişdi», deya xabar beradi «Kun.uz» manbasi.
Nuriymon Abulhasan sahobiy Usmon ibn Tolha avlodlarini Özbekistonga taklif qilgan va navbatdagi uçraşuv yaqin kelajakda Özbekistonda bölişiga kelişib olişgan.

Ibrohim alayhissalom Ka'bani qurganidan keyin, uning nazoratini öğillari Ismoil alayhissalomga topşiradi. Ka'baning kaliti dastlab Ismoil alayhissalom, söngra uning avlodlarida böldi. Keyinroq kalitni Ismoil alayhissalom avlodlaridan Yamanning Jurhum qabilasi, söngra Jurhumdan Xuzoa qabilasi tortib oldi. Bundan 16 asr oldin Qusay ibn Kilob Xuzoa qabilasi ustidan ğalaba qozonib, kalitni Qurayşga - Ismoil avlodlariga qaytargan.
Rasululloh (s.a.v) nasablari quyidagiça: Muhammad ibn Abdulloh ibn Abulmuttolib ibn Hoşim ibn Abdul Manaf ibn Qusay ibn Kilob. Binobarin, Qusay ibn Kilob Rasululllohning törtinçi bobolari hisoblanadi.
Qusay ibn Kilob ölimidan keyin Ka'ba hojibligi (kalitdorlik) katta öğil Abduddorga meros qoldi. Şu bilan Ka'ba hojibligi rasululloh (s.a.v) Makkani fath qilib, islom nurini muqaddas diyorga qaytarguniça, Qurayşning Bani Abduddor oilasida böldi. Bu oilaning rahbari Usmon ibn Tolha Makka fathidan oldinroq Xolid ibn Valid bilan hijrat qilib, islomga kirgan edi. Makka fath etilgan kunda rasululloh Usmon ibn Abu Tolhani oldiiga çorlab: «Ey Abu Tolha öğillari, hojiblikni - kalitdorlikni avloddan-avlodga abadiy meros ölaroq olinglar, uni sizlardan faqat zolimgina tortib oladi», deydi. Şunday qilib, Ka'ba kalitdorligi ba'zi qisqa uzilişlarni hisobga olmaganda, 1400 yil davomida Usmon ibn Tolha avlodlari qöllarida saqlanadi.











