Şimoliy Koreya yetakçisi Kim Çen Inning ma'lum qilişiça, KXDR aholisi taşqaridan ötkazilayotgan bosimga bardoş bermoqda. Bu haqda davlat rahbari Samçjiyon uyezdidagi quriliş uçastkasiga taşrif buyurgan paytda xabar berdi, deb yozmoqda Koreya Markaziy telegraf agentligi.
«Hozirda bizning sotsializmning taraqqiyoti yölida duşman kuçlari sanksiyalari va bosimi tufayli jiddiy tösiqlar paydo bölmoqda, lekin partiya çaqiriği bilan yuzaga kelgan xalqning kötarinki kayfiyati, odamlarning qaynoq ğayrati tufayli eng qiyin va oğir şaroitlarda mö'jizalar tarixi yoziladi», - deya hisoblaydi u.
Uning sözlariga köra, qator mamlakatlar çeklov çoralari orqali «KXDRning taraqqiyot yölida turli qiyinçiliklar keltirib çiqarmoqda».
KXDRga qarşi xalqaro sanksiyalar ilk bor 2006 yilda BMT darajasida joriy etildi. 2016 yilda AQŞ Pxenyan bilan hamkorlik qilgan har qanday şaxslar yoki kompaniyalar qamrab olinuvçi eng jiddiy çeklovlarni örnatdi. Amerika tomonining ma'lum qilişiça, KXDRning töliq yadroviy qurolsizlanişidan söng sanksiyalar bekor qilinadi.
Eslatib ötamiz, avvalroq KXDRda Trampni «jasur qarorlar» qabul qilişga çaqirişgandi.













